35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ISTIROHAT MAHALLASIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK KOMISSIYA TOMONIDAN O‘RGANILDI
янв.21
SHAFTOLIZOR MAHALLASIDA VIDEOKUZATUV TIZIMI HOLATI TANQIDIY O‘RGANILDI
янв.21
GAZ TA'MINOTI HOLATI TANQIDIY O‘RGANILDI
янв.21
ELEKTR TA'MINOTI BARQARORLIGI – DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
OPEN BUDJET: SPORT MAKTABI YANGILANMOQDA
янв.21
197-SONLI MAKTABDA ZAMONAVIY TA'LIM MUHITINI YARATISH ISHLARI DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
Uchtepa tumanida navbatdagi deputatlik so'rovi chiqarildi
янв.21
"OPEN BUDJET" LOYIHALARINING SIFATLI VA O‘Z VAQTIDA BAJARILISHI DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
SHARQ YULDUZI MAHALLASIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK VA IJTIMOIY SOHA OBYEKTLARI HOLATI JOYIDA O‘RGANILDI
янв.21
GUZAR MAHALLASIDA GAZ TA’MINOTI VA “YOSHLAR MEHNAT GUZARI” LOYIHASI DEPUTATLIK NAZORATIDA
#172_ta_Qonunlar_ijrosi #24_ta_tavsiyalar_ijrosi #murojaat_va_ijro #deputat_tashabbusi

Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashining 13-"Qorliq" saylov okrugidan saylangan deputati Mengnarova Zarifa Toshpo‘latovna tomonidan saylov okrugida navbatdagi deputatlik nazorati tadbiri amalga oshirildi. 

Tadbirda Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashi kotibiyati mudiri M.Xujanov hamda Kengash kotibiyati bosh
mutaxassisi A.Esanov ishtirok etdi. “Qumpaykal” mahallasida o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida ijtimoiy himoya xodimi ishtirokida mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 172
ta qonun
hamda 24 ta tavsiya ijrosining holati yuzasidan monitoring olib borildi. 

Shuningdek, deputat nomiga kelib tushgan murojaat tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda ijobiy hal etildi. Xususan, ehtiyojmand fuqaroga yashash uyining tom qismini ta’mirlash maqsadida shifer va yog‘och-taxta materiallari yetkazib berildi. 

O‘rganish jarayonida fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaat, taklif va muammolar atroflicha tahlil qilinib, ularni o‘z vaqtida hal etish, murojaatlar ijrosini ta’minlash hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli mas’ul tashkilotlarga tavsiyalar berildi. 

Mazkur tadbir aholi manfaatlarini ta’minlash, qonun hujjatlari ijrosini samarali tashkil etish hamda deputatlik nazoratini yanada kuchaytirishga xizmat qildi.  

Slide 1 of 7