Xalq deputatlari G‘ozg‘on shahar Kengashi deputati A.Aminov tashabbusi bilan Tumar mahallasida korxona va tashkilotlar, mahalla faollari hamda mutasaddi idoralar vakillari hamkorligida obodonlashtirish va tozalikni saqlash bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borildi.
Ko‘chama-ko‘cha o‘tkazilgan muloqotlarda fuqarolarga xonadon va ko‘cha oldi hududlarini ozoda saqlash, yashil maydonlarni asrash hamda mahalla obodligini ta'minlashda jamoatchilik nazoratining ahamiyati haqida batafsil ma'lumot berildi.
Hamjihatlik va o‘zaro hamkorlik tufayli mahallalarda obodlik madaniyati yanada mustahkamlanib, fuqarolarning yashash sharoitini yaxshilashga xizmat qilmoqda.