35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
NAYMAN MAHALLASIDAGI KO‘P QAVATLI UYLARDA YASHOVCHI AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILDI
янв.21
YUQORI KUCHLANISHLI ELEKTR TARMOQLARI: AHOLIGA KAFOLATLI VA BARQAROR ELEKTR TA’MINOTI
янв.21
KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK: DEPUTAT NAZORATI KUCHAYTIRILMOQDA
янв.21
340-SONLI MAKTABDA TA’MIRLASH ISHLARINING BORISHI KO‘ZDAN KECHIRILDI
янв.21
245-SONLI MAKTABDA ISSIQLIK TA’MINOTI TIZIMINI YANGILASH VA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI UCHTEPA TUMANI KENGASHINING NAVBATDAGI SESSIYASI KUN TARTIBIDAGI MASALA DOIRASIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
“OCHIQ BUDJET” LOYIHASI DOIRASIDA 19-SONLI MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
“OCHIQ BUDJET” LOYIHASI DOIRASIDA 5-SONLI MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT MUROJAATI IJROSI TA’MINLANIB, HUDUD OBODONLASHTIRILDI
янв.21
ZULFIZAR MAHALLASIDAGI MUAMMOLAR BARTARAF ETILDI
MAHALLA BOSHQARUVIGA OID QONUNCHILIK MAZMUN-MOHIYATI TARG‘IB QILINDI

 MAHALLA BOSHQARUVIGA OID QONUNCHILIK MAZMUN-MOHIYATI TARG‘IB QILINDI 

  

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi deputati A. Isaxonov tuman Kengashi doimiy komissiyalari faoliyati doirasida o‘ziga biriktirilgan qonun hujjatlarining mazmun-mohiyatini targ‘ib qilish hamda ularning joylardagi ijrosini o‘rganish maqsadida Akbarobod mahallasida bo‘lib, mahalla faollari ishtirokida huquqiy targ‘ibot uchrashuvini o‘tkazdi. 

  

Uchrashuv davomida ishtirokchilarga O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 22-apreldagi "Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida"gi Qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida” O‘RQ–350-son Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-iyundagi “Mahalla boshqaruvini samarali tashkil etishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF–116-son Farmonining mazmun-mohiyati tushuntirildi. 

  

Shuningdek, mahalla tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, fuqarolar yig‘inlarining vakolatlari, aholi muammolarini hal etishda jamoatchilik ishtirokini kuchaytirish hamda mahalla institutining jamiyat hayotidagi o‘rni yuzasidan fikr almashilib, ishtirokchilarning savollariga atroflicha javoblar berildi. 

   

Slide 1 of 3