DEPUTAT FAOLIYATI – HAFTA DAVOMIDA 8 MAROTABA YORITILDI
Hafta davomida Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati Dusmurodov Nodirning deputatlik faoliyati ijtimoiy tarmoqlarda 8 marotaba yoritildi.
🔹 3 ta axborot navbatdagi Kengash sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masalalarni saylov okrugida o‘rganish jarayonlariga bag‘ishlandi.
O‘rganishlar davomida hududdagi mavjud holat tahlil qilinib, fuqarolar fikr va takliflari asosida tegishli xulosalar tayyorlandi.
🔹 1 ta axborot "Deputat daftari" doirasida olib borilgan ishlarni yoritib, saylovchilar murojaatlari va ularning yechimi bo‘yicha amalga oshirilgan chora-tadbirlarni aks ettirdi.
🔹 1 ta videorolik orqali deputatning hafta davomida amalga oshirgan faoliyati va deputatlik nazorati tadbirlari keng jamoatchilikka taqdim etildi.
🔹 2 ta axborot Kengash sessiyasi kun tartibiga kiritilgan 24 ta masala yuzasidan olib borilgan tayyorgarlik ishlari hamda deputatlik faoliyatini yoritdi.