35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
GUZAR MAHALLASIDA GAZ TA’MINOTI VA “YOSHLAR MEHNAT GUZARI” LOYIHASI DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
MAHALLADAGI TOZALIK VA OBODONLASHTIRISH HOLATI TANQIDIY O‘RGANILDI
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISH: KOMMUNAL TIZIMNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI DEPUTAT TOMONIDAN O‘RGANILDI
янв.21
GAZ TA’MINOTI BARQARORLIGINI TA’MINLASH YO‘LIDA DEPUTATLIK NAZORATI KUCHAYTIRILMOQDA
янв.21
GUZAR MAHALLASIDA “MAHALLA YETTILIGI” FAOLIYATI VA IJTIMOIY ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
BIRLIK MAHALLASIDA IJTIMOIY MASALALAR VA “MAHALLA YETTILIGI” FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘KCHA-OQTEPA MAHALLASIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
YO‘LLARDA XAVFSIZLIK — AHOLI TINCHLIGI: MUAMMOLAR DEPUTATLAR NAZORATIDA
янв.21
KO‘KCHA OQTEPA MAHALLASIDA MUAMMOLAR KO‘CHAMA-KO‘CHA O‘RGANILDI
янв.21
Uchtepa tumanida navbatdagi deputatlik so'rovi chiqarildi
Deputat so'rovi: Yakkatut mahallasidagi issiqlik ta’minoti muammosi nazoratga olindi

    Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati Shodmonov Shoxrux O'ktamovich tomonidan Chilonzor tumani hokimiga Yakkatut mahallasi 20-dahasidagi 21-, 22-, 23- va 24-sonli ko‘p qavatli uylarning issiqlik ta’minoti bilan bog‘liq muammolar yuzasidan deputat so‘rovi yuborildi.
Fuqarolar murojaatida qayd etilishicha, “Veolia Energy” mutaxassislari tomonidan yerto‘ladagi issiqlik uzelini almashtirish bo‘yicha ishlar boshlangan bo‘lsa-da, uzelni markaziy tarmoqqa ulash va qolgan texnik ishlar hanuz yakunlanmagan.
Shuningdek, 24-sonli uydan o‘tuvchi hamda 21-, 22- va 23-sonli uylarni issiqlik bilan ta’minlaydigan markaziy quvur eskirgani sababli har yili avariya holatlari yuzaga kelmoqda. Natijada quduqqa suv to‘planib, suvni chiqarish va tizimni qayta sozlash ishlari takrorlanmoqda, bu esa qish mavsumida issiqlik ta’minotining vaqtincha uzilishiga va aholining haqli e’tirozlariga sabab bo‘lmoqda.
Deputat so‘rovida mazkur uylarning issiqlik ta’minoti holatini mutaxassislar ishtirokida o‘rganish, markaziy issiqlik quvurining texnik holatini tekshirish, eskirgan quvurni yangisiga almashtirish, yerto‘ladagi issiqlik uzeli bo‘yicha boshlangan ishlarni yakunlash, quduqqa suv to‘planishi sabablarini bartaraf etish hamda kelgusi isitish mavsumida uylarning uzluksiz va barqaror issiqlik bilan ta’minlanishini nazoratga olish so‘ralgan.
Mazkur masala aholining qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda kuz-qish mavsumida munosib yashash sharoitlarini ta’minlash maqsadida deputat nazoratiga olindi.