35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
GUZAR MAHALLASIDA GAZ TA’MINOTI VA “YOSHLAR MEHNAT GUZARI” LOYIHASI DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
MAHALLADAGI TOZALIK VA OBODONLASHTIRISH HOLATI TANQIDIY O‘RGANILDI
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISH: KOMMUNAL TIZIMNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI DEPUTAT TOMONIDAN O‘RGANILDI
янв.21
GAZ TA’MINOTI BARQARORLIGINI TA’MINLASH YO‘LIDA DEPUTATLIK NAZORATI KUCHAYTIRILMOQDA
янв.21
GUZAR MAHALLASIDA “MAHALLA YETTILIGI” FAOLIYATI VA IJTIMOIY ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
BIRLIK MAHALLASIDA IJTIMOIY MASALALAR VA “MAHALLA YETTILIGI” FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘KCHA-OQTEPA MAHALLASIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
YO‘LLARDA XAVFSIZLIK — AHOLI TINCHLIGI: MUAMMOLAR DEPUTATLAR NAZORATIDA
янв.21
KO‘KCHA OQTEPA MAHALLASIDA MUAMMOLAR KO‘CHAMA-KO‘CHA O‘RGANILDI
янв.21
Uchtepa tumanida navbatdagi deputatlik so'rovi chiqarildi
Deputat Abdumannop Abdukayumov mahalla yettiligi bilan uchrashib, hududdagi ustuvor vazifalarni muhokama qildi
 Deputat Abdumannop Abdukayumov mahalla yettiligi bilan uchrashib, hududdagi ustuvor vazifalarni muhokama qildi

🏛 Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati Abdumannop Abdukayumov tomonidan Olmazor tumanidagi "Chamanbog'" mahalla fuqarolar yig‘inida xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Frangiza Akramova, mahalla yettiligi a’zolari, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, profilaktika inspektori, ijtimoiy xodim, soliq inspektori, mahalla raisi, mahalla faollari hamda aholi vakillari ishtirokida ochiq muloqot tashkil etildi.

🤝 Uchrashuvda deputatlar tomonidan Prezidentimizning 2026-yil 1-apreldagi PQ–120-sonli "O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini keng nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida"gi qarori, shuningdek, Prezidentimiz raisligida o‘tkazilgan pensiya tizimini isloh qilish hamda mahalla va yoqilg‘i-energetika sohasiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishlarida belgilangan ustuvor vazifalarning mazmun-mohiyati yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.

📝 Shuningdek, uchrashuv davomida deputat tomonidan 2026-yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirilgan deputatlik faoliyati, saylovchilar murojaatlari yuzasidan olib borilgan ishlar va erishilgan natijalar haqida batafsil axborot berildi. Xususan, mahalla yettiligi vakillari bilan birgalikda yilning ikkinchi yarmida hududda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar, mavjud muammolar va kelgusidagi rejalar muhokama qilinib, mahalliy Kengash deputatlari faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida tavsiya etilgan 24 ta ustuvor yo‘nalish hamda amaldagi qonunchilik talablari asosida mahalladagi mavjud holat kompleks tahlil qilindi.

🔺 Muloqot davomida aholini ijtimoiy himoya qilish, bandlikni ta’minlash, yoshlar va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, hokim yordamchisi faoliyati samaradorligi, ichki yo‘llar va ko‘chalarni yoritish, kommunal xizmatlar sifati, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish, jamoat xavfsizligini mustahkamlash, hududni obodonlashtirish hamda fuqarolar farovonligini oshirishga qaratilgan dolzarb masalalar yuzasidan fikr va takliflar bildirildi.

📁 Mahalla faollari va fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan murojaatlar xalq vakili tomonidan atroflicha o‘rganilib, ularni tizimli hal etish, mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirish, davlat dasturlari ijrosini ta’minlash hamda zarur hollarda deputatlik nazorati doirasida tegishli choralarni ko‘rish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

💬 Tadbir yakunida deputatlar tomonidan mahalla taraqqiyoti, aholi farovonligini oshirish, davlat va jamiyat o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash hamda hududdagi muammolarni manzilli hal etish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar berildi.

📉 Bunday ochiq muloqotlar mahallalarda mavjud muammolarni joyida o‘rganish, fuqarolar murojaatlariga tezkor yechim topish hamda deputatlik nazoratining samaradorligini oshirishga xizmat qilmoqda.
Slide 1 of 4