35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT MUROJAATI IJROSI TA’MINLANIB, HUDUD OBODONLASHTIRILDI
янв.21
ZULFIZAR MAHALLASIDAGI MUAMMOLAR BARTARAF ETILDI
янв.21
KO‘KSAROY MAHALLASIDAGI GAZ TAQSIMLASH QURILMALARI HOLATI TANQIDIY O‘RGANILDI
янв.21
KO‘KSAROY MAHALLASIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK VA ENERGETIKA TIZIMI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
A.SOG'UNIY KO'CHASIDAGI ISSIQLIK TA’MINOTI TIZIMI KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORLANMOQDA
янв.21
ISTIROHAT MAHALLASIDA HUDUDDAGI MUAMMOLAR VA “MAHALLA YETTILIGI” FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
DIYOROBOD MAHALLASIDA IJTIMOIY HIMOYA MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
DIYOROBOD MAHALLASIDA BSK FAOLIYATI VA AHOLI MUAMMOLARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
YANGIYO‘L MAHALLASIDA “MAHALLA YETTILIGI” FAOLIYATI VA IJTIMOIY MASALALAR O‘RGANILDI
янв.21
Xalq bilan muloqot – amaliy yechimlar sari muhim qadam
Deputat so‘roviga rasmiy javob olindi

#deputat_so'rovi_javobi Deputat so‘roviga rasmiy javob olindi
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati G. Xoliqulova tomonidan Lolazor mahallasidagi “O‘n ikki”, “Amir Temur” hamda “Tibbiyot” ko‘chalarini markazlashgan ichimlik suvi tarmog‘iga ulash masalasi yuzasidan yuborilgan deputat so‘roviga “Samarqand suv ta’minoti” AJ Pastdarg‘om tumani filiali tomonidan rasmiy javob taqdim etildi.
Javob xatida mazkur hududdagi fuqarolarni markazlashgan ichimlik suvi tarmog‘iga ulash ishlari amaldagi qonunchilik talablari asosida amalga oshirilishi qayd etilgan. Buning uchun murojaatchilar Davlat xizmatlari markazi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ariza berib, belgilangan tartibda texnik shart olishlari lozimligi ma’lum qilingan.
Shuningdek, texnik shart rasmiylashtirilgandan so‘ng loyiha hujjatlari ishlab chiqilishi va texnik imkoniyatlardan kelib chiqib, ichimlik suvi tarmog‘iga ulash ishlari belgilangan tartibda amalga oshirilishi bildirildi.