Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati sifatida mazkur tashrifni Markaziy Osiyoda o‘zaro ishonch, yaxshi qo‘shnichilik va amaliy hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladigan muhim siyosiy voqea, deb baholayman. Davlat rahbarlarining doimiy muloqoti savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, turizm, madaniy-gumanitar aloqalarni kengaytirish, shuningdek, chegaraoldi hududlarining barqaror rivojlanishi uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.
🇺🇿Bugungi kunda qo‘shni davlatlar bilan ochiq va o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish Yangi O‘zbekiston tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Ishonchim komilki, mazkur davlat tashrifi O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini yanada yuksak bosqichga olib chiqib, xalqlarimiz farovonligi va mintaqada tinchlik hamda barqarorlikni ta’minlashga munosib hissa qo‘shadi.