35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT MUROJAATI IJROSI TA’MINLANIB, HUDUD OBODONLASHTIRILDI
янв.21
ZULFIZAR MAHALLASIDAGI MUAMMOLAR BARTARAF ETILDI
янв.21
KO‘KSAROY MAHALLASIDAGI GAZ TAQSIMLASH QURILMALARI HOLATI TANQIDIY O‘RGANILDI
янв.21
KO‘KSAROY MAHALLASIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK VA ENERGETIKA TIZIMI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
A.SOG'UNIY KO'CHASIDAGI ISSIQLIK TA’MINOTI TIZIMI KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORLANMOQDA
янв.21
ISTIROHAT MAHALLASIDA HUDUDDAGI MUAMMOLAR VA “MAHALLA YETTILIGI” FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
DIYOROBOD MAHALLASIDA IJTIMOIY HIMOYA MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
DIYOROBOD MAHALLASIDA BSK FAOLIYATI VA AHOLI MUAMMOLARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
YANGIYO‘L MAHALLASIDA “MAHALLA YETTILIGI” FAOLIYATI VA IJTIMOIY MASALALAR O‘RGANILDI
янв.21
Xalq bilan muloqot – amaliy yechimlar sari muhim qadam
Fuqarolar murojaatlari asosida kadastr masalalari bo‘yicha deputatlik so‘rovi yuborildi

Fuqarolar murojaatlari asosida kadastr masalalari bo‘yicha deputatlik so‘rovi yuborildi

O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 5-maydagi O‘RQ-371-son “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunining 5 va 8-moddalari talablari asosida fuqarolarning murojaatlarida ko‘tarilgan masalalarni o‘rganish hamda ularning qonuniy huquq va manfaatlarini ta’minlash maqsadida Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati tomonidan Davlat kadastrlari palatasining Navoiy shahar filialiga deputatlik so‘rovi yuborildi.

Mazkur deputatlik so‘rovi 2026-yil 24-iyul kuni Navoiy shahri “Yoshlik” mahalla fuqarolar yig‘inida fuqarolar bilan o‘tkazilgan ko‘chma (sayyor) qabul davomida bildirilgan murojaatlar asosida tayyorlandi.

Qabul davomida fuqarolar tomonidan uy-joylarning kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, yer uchastkalaridan foydalanish hamda ushbu yo‘nalishdagi mavjud muammolarni qonunchilik talablari asosida hal etish yuzasidan murojaatlar bildirildi.

Mazkur masalalarni ko‘rib chiqishda O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 30-apreldagi 598-I-son Yer kodeksi, 2004-yil 30-avgustdagi 675-II-son “Davlat kadastrlari to‘g‘risida”gi Qonuni, 2022-yil 28-noyabrdagi O‘RQ-803-son “Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida”gi Qonuni hamda 2017-yil 11-sentabrdagi O‘RQ-445-son “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuni talablariga amal qilish lozimligi qayd etildi.

Deputatlik so‘rovida mas’ul tashkilotdan fuqarolarning murojaatlarida ko‘rsatilgan holatlarni mutaxassislar ishtirokida har tomonlama va xolisona o‘rganish, uy-joy va yer uchastkalarining huquqiy holatiga amaldagi qonunchilik talablari asosida baho berish, aniqlangan muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli choralar ko‘rish hamda ko‘rib chiqish natijalari to‘g‘risida belgilangan tartibda yozma ma’lumot taqdim etish so‘raldi.

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputatlari tomonidan fuqarolar murojaatlarini o‘rganish, ularning qonuniy huquq va manfaatlarini ta’minlash hamda mavjud muammolarni hal etishga ko‘maklashish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 1