#162_qonun
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 5-Samarqand saylov okrugidan saylangan deputati S.Qosimova tomonidan Toxirshayx mahallasida xotin-qizlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 2-sentabrdagi O‘RQ–561-son “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni mazmun-mohiyati keng tushuntirildi.
Qonunda xotin-qizlarning tazyiq va zo‘ravonlikdan himoyalanish huquqlari, ularga nisbatan har qanday zo‘ravonlikning oldini olish, jabrlangan shaxslarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquq va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish bo‘yicha belgilangan normalar haqida batafsil ma’lumot berildi.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|