35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Byudjet komissiyasining navbatdagi yig‘ilishida muhim masalalar muhokama markazida
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida dolzarb masalalar muhokama qilindi
янв.21
MUAMMOLAR YECHIM TOPMOQDA: O‘TKIR MAHALLASIDAGI PIYODALAR YO‘LAGI TA’MIRLANMOQDA
янв.21
KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK: TAQACHI MAHALLASIDAGI 123-SONLI MAKTAB HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
TAQACHI MAHALLASIDA HUDUDDAGI MUAMMOLAR VA “MAHALLA YETTILIGI” FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
ISTIROHAT MAHALLASIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK KOMISSIYA TOMONIDAN O‘RGANILDI
янв.21
SHAFTOLIZOR MAHALLASIDA VIDEOKUZATUV TIZIMI HOLATI TANQIDIY O‘RGANILDI
янв.21
GAZ TA'MINOTI HOLATI TANQIDIY O‘RGANILDI
янв.21
ELEKTR TA'MINOTI BARQARORLIGI – DEPUTATLIK NAZORATIDA
#nazorat tadbiri

Olmaliq shahrida aholi yashash sharoitlarini yaxshilash, mahallalar infratuzilmasini rivojlantirish va hududlarni obod go‘shaga aylantirish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Shahrimizning Islom Karimov hamda "Hamza" mahallasida "Sihat salomatlik stroy" BSK (boshqaruv servis kompaniyasi) tomonidan olib borilayotgan ishlar faoliyati joyiga chiqqan holda ko‘zdan kechirildi. Nazorat tadbirida:
Alisher Samadov — Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashining 20-okrug deputati;
Mukarram Nematullayeva — Kotibiyat bosh mutaxassisi;
Mahalla raisi va soha mas’ullari ishtirok etishdi.

O‘rganish davomida mahalladagi bir qancha ijobiy o‘zgarishlar va ta’mirlash jarayonlari ko‘zdan kechirildi:
🏠Uylar qiyofasi yangilanmoqda: Ko‘p qavatli uylarning kirish qismlarini (podyezdlarni) sifatli ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.
👫Sog‘lom kelajak poydevori: Hududdagi bolajonlar uchun mutlaqo yangi va zamonaviy ko‘rinishdagi bolalar maydonchasi hamda salomatlikni mustahkamlashga xizmat qiluvchi "Workout" sport maydonchasi tashkil etildi.
✨ Bu kabi bunyodkorlik ishlari nafaqat bolajonlarni, balki butun mahalla fuqarolarini birdek xursand qilib, ularga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishlamoqda.

💡 Tizimli nazorat va kelgusi rejalar
Nazorat tadbiri davomida deputat Alisher Samadov tomonidan ishlar qaysi darajada va sifatda olib borilayotganligi atroflicha kuzatilib, soha mas’ullariga ish samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.
Shuningdek, o‘rganish doirasida mahalla ko‘chalarining bugungi holati va aholi xavfsizligi hamda qulayligi uchun xizmat qiluvchi tungi yoritgichlar tizimi ham to‘liq ko‘zdan kechirildi.

Slide 1 of 8