35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ISTIROHAT MAHALLASIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK KOMISSIYA TOMONIDAN O‘RGANILDI
янв.21
SHAFTOLIZOR MAHALLASIDA VIDEOKUZATUV TIZIMI HOLATI TANQIDIY O‘RGANILDI
янв.21
GAZ TA'MINOTI HOLATI TANQIDIY O‘RGANILDI
янв.21
ELEKTR TA'MINOTI BARQARORLIGI – DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
OPEN BUDJET: SPORT MAKTABI YANGILANMOQDA
янв.21
197-SONLI MAKTABDA ZAMONAVIY TA'LIM MUHITINI YARATISH ISHLARI DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
Uchtepa tumanida navbatdagi deputatlik so'rovi chiqarildi
янв.21
"OPEN BUDJET" LOYIHALARINING SIFATLI VA O‘Z VAQTIDA BAJARILISHI DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
SHARQ YULDUZI MAHALLASIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK VA IJTIMOIY SOHA OBYEKTLARI HOLATI JOYIDA O‘RGANILDI
янв.21
GUZAR MAHALLASIDA GAZ TA’MINOTI VA “YOSHLAR MEHNAT GUZARI” LOYIHASI DEPUTATLIK NAZORATIDA
29-MTTda o‘rganish o‘tkazildi va aniqlangan kamchilik yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputatlari A.Nosirov va Sh.Rasulovalar tomonidan fuqarolar murojaati asosida 29-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida mazkur maktabgacha ta’lim tashkiloti 2025-yilda kapital ta’mirlanib, zamonaviy ko‘rinishga keltirilgani, guruh xonalari zarur jihozlar bilan to‘liq ta’minlangani hamda tarbiyalanuvchilar uchun qulay sharoitlar yaratilgani aniqlandi.

Shu bilan birga, bino tom qismida ta’mirlash ishlari to‘liq amalga oshirilmagani sababli yog‘ingarchilik vaqtida yuqori qavatdagi xonalarga yomg‘ir suvlari sizib o‘tayotgani ma’lum bo‘ldi. Mazkur holat ta’lim jarayoniga salbiy ta’sir ko‘rsatishi hamda binoning texnik holatiga zarar yetkazishi mumkinligi qayd etildi.

Aniqlangan kamchilikni bartaraf etish, bino tom qismini ta’mirlash va muammoni qisqa muddatlarda hal etish yuzasidan tegishli mas’ul tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 4