35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
KO‘CHAMA-KO‘CHA YURIB, FUQAROLAR FIKRI O‘RGANILDI, “MAHALLA YETTILIGI” FAOLIYATI TANQIDIY KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
ZARGARLIK MAHALLASIDA KUZATUV KAMERALARI VA JAMOAT XAVFSIZLIGI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
ZARGARLIK MAHALLASIDA BOLALAR MAYDONCHALARI VA KO‘P QAVATLI UYLAR HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
BESHQAYRAG‘OCH MAHALLASIDA AHOLI MUAMMOLARI VA IJTIMOIY MASALALAR O‘RGANILDI
янв.21
NAYMAN MAHALLASIDA BOLALAR MAYDONCHALARI VA HUDUD OBODONCHILIGI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
ISTIROHAT MAHALLASIDA IJTIMOIY HIMOYAGA MUHTOJ FUQAROLAR BILAN MANZILLI ISHLASH MASALALARI O‘RGANILDI
янв.21
BESHQAYRAG‘OCH MAHALLASIDA BOLALAR UCHUN QULAY MUHIT YARATISH MASALASI O‘RGANILDI
янв.21
BESHQAYRAG‘OCH MAHALLASIDA YOSHLAR, XAVFSIZLIK VA OBODONLASHTIRISH MASALALARI O‘RGANILDI
янв.21
ABDULLA QODIRIY MAHALLASIDA AHOLINING IJTIMOIY MUAMMOLARI VA DOLZARB MASALALAR O‘RGANILDI
янв.21
UCHTEPA TUMANIDA NAVBATDAGI QABUL BO'LIB O'TDI
Doimiy komissiya tomonidan nazorat-tahlil tadbirlari o‘tkazildi

🏛 Doimiy komissiya tomonidan nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi

✅Xalq deputatlari Rishton tumani Kengashining "Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha" doimiy komissiyasi tomonidan navbatdagi nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi.

✅Mazkur tadbirda doimiy komissiya a’zolari, Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi S. Boboyev hamda Rishton tuman obodonlashtirish boshqarmasi mutaxassisi O‘. Sultonov ishtirok etdi.

✅Nazorat-tahlil tadbiri davomida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-oktyabrdagi 665-sonli qarori ijrosi hamda Xalq deputatlari Rishton tumani Kengashining 2026-yil 24-apreldagi VII-20-25-11-158-K/26-sonli qarori asosida tasdiqlangan manzilli ro‘yxatga muvofiq, Rishton tuman obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan ichki yo‘llarni saqlash va joriy ta’mirlash ishlari yuzasidan "Toshog‘oliq" mahalla fuqarolar yig‘inida amalga oshirilgan ishlar joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

✔️ O‘rganishlar natijasida Dastur doirasida mahalladagi:

Mustaqillik ko‘chasining 530 metr qismi;
Bobir ko‘chasining 470 metr qismi;
Gagarin ko‘chasining 70 metr qismi asfalt-beton qoplamasi bilan ta’mirlanib, belgilangan ishlar to‘liq yakunlanganligi aniqlandi.

🤩Shuningdek, komissiya a’zolari tomonidan bajarilgan ishlarning sifati, loyiha hujjatlariga muvofiqligi hamda yo‘llardan foydalanish uchun yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi.

✔️ O‘rganish yakunlari bo‘yicha mas’ul tashkilotlarga amalga oshirilayotgan ishlar ustidan nazoratni izchil davom ettirish, yo‘l infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

✅Xalq deputatlari Rishton tumani Kengashi tomonidan hududlarda amalga oshirilayotgan infratuzilma loyihalari ustidan deputatlik nazorati izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 1