DEPUTAT NAZORATI:SUV TA’MINOTIDAGI MUAMMO O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining navbatdagi sessiyasida ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan “O‘zbekiston–2030” strategiyasining suv resursidan foydalanish yo‘nalishi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar, suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy etish holati to‘g‘risida”gi masala yuzasidan o‘rganish davom etmoqda.
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati J. Ochilov, Kengash huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a’zosi Sh. Uralov Temirxo‘ja mahallasi Xalqlar do'stligi ko'chasi ko‘chaboshisi Ch.Eshquvvatov bilan suv resursidan foydalanish yuzasidan fikr almashdi.
Mahalla 4 ta ko‘chasini ichimlik suvi bilan ta’minlayotgan nasos yuqori yuklama ostida ishlayotgani oqibatida tez-tez qizib ketishi, suv ta’minotida uzilish yuzaga kelayotganligi ma’lum qilindi.
Aholi tomonidan quvvati yuqoriroq nasos uskunasini o‘rnatish bildirildi.
Mazkur masalani deputat nazoratga oldi.