📍 Oq oltin mahallasi
Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masala yuzasidan joylarda o‘rganish ishlari amalga oshirildi.
👥 O‘rganishda:
Shovot tumani hokimligining Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Saida Nuraddinovna Jumaniyozova;
13-Oq oltin saylov okrugidan saylangan deputat Bobojonova Manzura Nuriddinovna;
Kotibiyat bosh mutaxassisi D. Abdrimova ishtirok etdi.
🔎 O‘rganilgan masalalar:
✅ "Ayollar daftari"ning 6-bosqichiga kiritilgan xotin-qizlarga 2026-yilning birinchi yarim yilligida ko‘rsatilgan ijtimoiy-iqtisodiy ko‘mak;
✅ Ajratilgan moddiy yordam mablag‘larining maqsadli va samarali sarflanishi;
✅ Mahallalarda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar faollarining ish faoliyati;
✅ Aholi bilan ishlash samaradorligi hamda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar.
🎯 O‘rganishdan maqsad
Sessiya kun tartibidagi masalalarni har tomonlama tahlil qilish, mavjud muammolarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha amaliy takliflar ishlab chiqish.