📍 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashining "Milliy tiklanish" demokratik partiyasidan 10-Do‘stlik saylov okrugi deputati Sultonov Po‘lat Yo‘ldoshevich tomonidan saylovchilar bilan bevosita muloqot qilish maqsadida Do‘stlik mahallasidagi ko‘p qavatli uylarda uyma-uy o‘rganish ishlari olib borildi.
👥 O‘rganish jarayonida Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi kotibiyati mudiri Masharipov Izzat Masharipovich hamda kotibiyat xodimi Ro‘zmetov Umrbek Shavkatovich ham ishtirok etdi.
🏠 Fuqarolar bilan ochiq muloqot davomida:
🔹 ichki yo‘llar holati;
💡 elektr ta’minoti;
🚰 ichimlik suvi;
🏡 ko‘p qavatli uylarning infratuzilmasi;
📝 aholini qiynayotgan boshqa dolzarb masalalar yuzasidan murojaatlar va takliflar o‘rganildi.
✅ Aniqlangan muammolar yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so'rovi yuborish belgilandi.