Kun tartibidagi navbatdagi masala sifatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Termiz tumani Xalq qabulxonasining 2026-yil 14-iyuldagi 10/41-sonli “Xalq qabulxonasi va hududdagi tashkilotlar rahbarlari faoliyati hamda murojaatlar bilan ishlash holati yuzasidan 2026-yil II chorakda amalga oshirilgan ishlar haqida”gi axboroti ko‘rib chiqildi. Mazkur masala yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Termiz tumani Xalq qabulxonasi mudiri Sherzod Mashiyev so‘zga chiqdi.