35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
BOG‘ICHINOR MAHALLASIDA KUZATUV KAMERALARI HOLATI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
197-SONLI MAKTABDA REKONSTRUKSIYA ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
BOG‘ICHINOR MAHALLASIDA IJTIMOIY HIMOYA MASALALARI O‘RGANILDI
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
Tepaqo‘rg‘on mahallasida aholi bandligi va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha ishlar o‘rganildi
янв.21
Ko‘p qavatli uylarni boshqarishdagi muammolar deputat nazoratiga olindi
янв.21
Yo‘l infratuzilmasi va harakat xavfsizligi masalalari deputat nazoratiga olindi
янв.21
Deputat nazorati – xalq manfaatlari yo‘lida: O‘rikzor mahallasida xotin-qizlar faoliyati o‘rganildi
янв.21
Deputatlik so‘rovi natijasida tumandagi Yu.Sakkokiy ko'chasidagi elektr simlariga tegib turgan daraxt shoxlari butalandi
янв.21
Deputat va fuqarolar uchrashuvi: muammolar yechimi – amaliy muloqot orqali
INKLYUZIV TA’LIMNI RIVOJLANTIRISHGA QARATILGAN HUKUMAT QARORI DEPUTATLAR NAZORATIDA


Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, sport va madaniyat masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-oktabrdagi 638-son qarori hamda uning 1-ilovasi bilan tasdiqlangan “Umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida inklyuziv ta’limni tashkil etish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom ijrosi o‘rganilmoqda.

🔠Mazkur qaror alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarning sifatli ta’lim olishi, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish, jamiyatga to‘laqonli integratsiya qilish hamda inklyuziv ta’lim tizimini yanada takomillashtirishga xizmat qiladi.

Qarorga muvofiq:
🔺alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni umumiy ta’lim jarayoniga keng jalb etish;
🔺ixtisoslashtirilgan davlat ta’lim muassasalarida kasbga o‘qitish kurslarini tashkil etish;
🔺o‘quvchilarning kasbiy ko‘nikmalarini shakllantirish va davlat namunasidagi sertifikat beriladi.