35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ZARGARLIK MAHALLASIDA MAHALLA MUAMMOLARI VA DOLZARB VAZIFALAR MUHOKAMA QILINDI
янв.21
KO‘CHAMA-KO‘CHA YURIB, FUQAROLAR FIKRI O‘RGANILDI, “MAHALLA YETTILIGI” FAOLIYATI TANQIDIY KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
ZARGARLIK MAHALLASIDA KUZATUV KAMERALARI VA JAMOAT XAVFSIZLIGI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
ZARGARLIK MAHALLASIDA BOLALAR MAYDONCHALARI VA KO‘P QAVATLI UYLAR HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
BESHQAYRAG‘OCH MAHALLASIDA AHOLI MUAMMOLARI VA IJTIMOIY MASALALAR O‘RGANILDI
янв.21
NAYMAN MAHALLASIDA BOLALAR MAYDONCHALARI VA HUDUD OBODONCHILIGI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
ISTIROHAT MAHALLASIDA IJTIMOIY HIMOYAGA MUHTOJ FUQAROLAR BILAN MANZILLI ISHLASH MASALALARI O‘RGANILDI
янв.21
BESHQAYRAG‘OCH MAHALLASIDA BOLALAR UCHUN QULAY MUHIT YARATISH MASALASI O‘RGANILDI
янв.21
BESHQAYRAG‘OCH MAHALLASIDA YOSHLAR, XAVFSIZLIK VA OBODONLASHTIRISH MASALALARI O‘RGANILDI
янв.21
ABDULLA QODIRIY MAHALLASIDA AHOLINING IJTIMOIY MUAMMOLARI VA DOLZARB MASALALAR O‘RGANILDI
Ko‘p qavatli uylarni ichimlik suvi bilan ta’minlash masalasi muhokama qilindi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining "Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha" doimiy komissiyasi yig‘ilishida shahar aholisini sifatli va uzluksiz ichimlik suvi bilan ta’minlash masalalari yuzasidan qator dolzarb masalalar ko‘rib chiqildi.

Muhokama davomida deputat X.Abdullayev tomonidan yangi qurilayotgan ko‘p qavatli turar joylarni ichimlik suvi bilan barqaror ta’minlash masalasi ko‘tarildi.

Ta’kidlanganidek, deputat tomonidan hududlarda saylovchilar bilan o‘tkazilayotgan uchrashuvlar va fuqarolar qabullari davomida ko‘p qavatli uylarning yuqori qavatlariga ichimlik suvi yetarli bosimda yetib bormayotgani yuzasidan ko‘plab murojaatlar kelib tushmoqda. Mazkur holat, ayniqsa, yangi qurilgan turar joylarda istiqomat qilayotgan fuqarolar uchun muayyan noqulayliklarni keltirib chiqarayotgani qayd etildi.

Shu munosabat bilan mavjud muammoni bartaraf etish, suv bosimini me’yor darajasida ta’minlash, zarur hollarda qo‘shimcha nasos uskunalarini o‘rnatish, ichimlik suvi tarmoqlarining texnik imkoniyatlarini kengaytirish hamda yangi turar joylarni muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasiga to‘liq ulash bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar atroflicha muhokama qilindi.

Doimiy komissiya a’zolari tomonidan mas’ul tashkilotlarga ushbu yo‘nalishdagi ishlarni jadallashtirish, fuqarolar murojaatlariga tezkor munosabat bildirish hamda yangi ko‘p qavatli uylarni sifatli ichimlik suvi bilan uzluksiz ta’minlash bo‘yicha aniq va samarali choralarni ko‘rish yuzasidan tavsiyalar berildi.

Muhokama yakunida mazkur masala doimiy komissiya nazoratiga olinib, amalga oshirilayotgan ishlar natijalari yuzasidan mas’ul tashkilotlarning axborotlari muntazam eshitib borilishi belgilandi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi