35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
SHIRIN MAHALLASIDA YANGI MAHALLA IDORASI QURILISHI BILAN TANISHILDI
янв.21
NISHABARIQ MAHALLASIDA YOMG‘IR SUVLARINI BARTARAF ETISH BO‘YICHA AMALIY CHORALAR BELGILANDI
янв.21
SHIRIN MAHALLASIDA BOLALAR MAYDONCHALARI VA HUDUD OBODONLIGI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT MUROJAATI IJROSI TA’MINLANDI
янв.21
BOG‘ICHINOR MAHALLASIDA KUZATUV KAMERALARI HOLATI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
197-SONLI MAKTABDA REKONSTRUKSIYA ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
BOG‘ICHINOR MAHALLASIDA IJTIMOIY HIMOYA MASALALARI O‘RGANILDI
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
Tepaqo‘rg‘on mahallasida aholi bandligi va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha ishlar o‘rganildi
янв.21
Ko‘p qavatli uylarni boshqarishdagi muammolar deputat nazoratiga olindi
Deputat nazorati

Deputat nazorati
Qonun_targ'iboti

O'zbekiston Respublikasining 2019-yil 2-sentyabrda qabul qilingan "Xotin-qizlarni tazyiq va zo'ravonlikdan himoya qilish to'g'risida"gi Qonuni (O'RQ-561) hamda "Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to'g'risida"gi Qonuni (O'RQ-562) yuzasidan targ'ibot tadbiri o'tkazildi

📍Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman Kengashi deputati B.Baxovadinov, tuman hududidagi 27-umumta'lim maktabi Davlat va huquq asoslari fani o'qituvchisi N.Yunusov bilan hamkorlikda nikohlanuvchi yoshlar uchun huquqiy-ma'rifiy targ'ibot tadbiri tashkil etildi.

🔶Tadbir davomida ishtirokchilarga O'zbekiston Respublikasining 2019-yil 2-sentyabrda qabul qilingan "Xotin-qizlarni tazyiq va zo'ravonlikdan himoya qilish to'g'risida"gi Qonuni (O'RQ-561) hamda "Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to'g'risida"gi Qonuni (O'RQ-562) mazmun-mohiyati keng tushuntirildi.

🔶Mutaxassislar tomonidan mazkur qonunlarning asosiy maqsadi xotin-qizlarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish, tazyiq va zo'ravonlikning oldini olish, oilada sog'lom muhitni shakllantirish, shuningdek, jamiyatning barcha sohalarida ayollar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta'minlashdan iborat ekanligi ta'kidlandi.

Slide 1 of 3