35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
BOG‘ICHINOR MAHALLASIDA KUZATUV KAMERALARI HOLATI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
197-SONLI MAKTABDA REKONSTRUKSIYA ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
BOG‘ICHINOR MAHALLASIDA IJTIMOIY HIMOYA MASALALARI O‘RGANILDI
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
Tepaqo‘rg‘on mahallasida aholi bandligi va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha ishlar o‘rganildi
янв.21
Ko‘p qavatli uylarni boshqarishdagi muammolar deputat nazoratiga olindi
янв.21
Yo‘l infratuzilmasi va harakat xavfsizligi masalalari deputat nazoratiga olindi
янв.21
Deputat nazorati – xalq manfaatlari yo‘lida: O‘rikzor mahallasida xotin-qizlar faoliyati o‘rganildi
янв.21
Deputatlik so‘rovi natijasida tumandagi Yu.Sakkokiy ko'chasidagi elektr simlariga tegib turgan daraxt shoxlari butalandi
янв.21
Deputat va fuqarolar uchrashuvi: muammolar yechimi – amaliy muloqot orqali
Deputat saylovchilarga axborot berdi
O‘zbekiston Respublikasining “Xalq deputatlari viloyat, tuman shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunning 7-moddasiga muvofiq O‘zbekiston “Milliy tiklanisht” demokratik partiyasidan nomzodi ilgari surilib, 21-“Sijjak” saylov okrugidan saylangan deputat Axmedov Fatxulla Raxmatullayevich 2026-yilning ikkinchi chorak yakuni bilan amalga oshirgan ishlari yuzasidan tumanning “Sijjak” mahallasida saylovchilariga axborot berdi.

Yig‘ilishda Kengash kotibiyati mudiri J.Sadirov, tuman Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi rahbari F. Fayzulloyeva, Qonunchilik Palatasi deputati J.Jumayev, “mahalla yettiligi” a’zolari va “Sijjak” mahallasi aholi vakillari ishtirok etdilar.

⬇️Yig‘ilishni kotibiyat mudiri J.Sadirov olib borib mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar, aholi farovonligi yo‘lida qabul qilinayotgan Qonunlar, Prezident Farmon va qarorlari mazmun mohiyatlari haqida ma’lumot berdi. Shuningdek, Davlat Rahbari belgilab bergan “Kuchli Kengash, tashabbuskor va hisobdor hokim” tamoyili asosida vakillik organi va ijro hokimiyati hamkorligida olib borilayotgan ishlar haqida keng ommani xabardor qildi.

Shuningdek, tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda va aholining hayotiy muammolarini hal etishda deputatlarning o‘rni, Kengash qarori asosida tuman budjetining qo‘shimcha manbalari hisobidan amalga oshirilayotgan ishlar, tumandagi “Og‘ir toifadagi mahallalar”, “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahallalar”, “Chegaraoldi hududlardagi mahallalar”, “Zarbdor tajribasi”, “2026-2028-yillarga mo‘ljallangan ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi” bo‘yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumot berdi.

⬇️Deputat F.Axmedov kun tartibidagi birinchi masala bo‘yicha axborotini berib, o‘tgan davr mobaynida aholidan kelib tushgan murojaatlar, muammolarni hal etish bo‘yicha amalga oshirgan ishlari, yuborilgan deputat so‘rovlari va erishilgan natijalar yuzasidan axborot berdi. Shu bilan birga, kelgusiga mo‘ljallagan rejalari bilan o‘rtoqlashdi.

⬇️Yig‘ilish kun tartibining ikkinchi masalasi bo‘yicha tuman Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi rahbari F. Fayzulloyeva so‘zga chiqib, bugungi kunda deputatlarning o‘rni, hamkorlikda olib borayotgan ishlar, mavjud muammolarni hal etish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar haqida ma’lumot berdi hamda saylovchilar tomonidan bildirilgan takliflar yuzasidan o‘z fikrlarini bildirdi.
Slide 1 of 6