35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
SHIRIN MAHALLASIDA YANGI MAHALLA IDORASI QURILISHI BILAN TANISHILDI
янв.21
NISHABARIQ MAHALLASIDA YOMG‘IR SUVLARINI BARTARAF ETISH BO‘YICHA AMALIY CHORALAR BELGILANDI
янв.21
SHIRIN MAHALLASIDA BOLALAR MAYDONCHALARI VA HUDUD OBODONLIGI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT MUROJAATI IJROSI TA’MINLANDI
янв.21
BOG‘ICHINOR MAHALLASIDA KUZATUV KAMERALARI HOLATI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
197-SONLI MAKTABDA REKONSTRUKSIYA ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
BOG‘ICHINOR MAHALLASIDA IJTIMOIY HIMOYA MASALALARI O‘RGANILDI
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
Tepaqo‘rg‘on mahallasida aholi bandligi va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha ishlar o‘rganildi
янв.21
Ko‘p qavatli uylarni boshqarishdagi muammolar deputat nazoratiga olindi
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

🏛 Deputat saylovchilar murojaatini joyiga chiqib o‘rgandi

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 16-Katta hayot–Do‘stlik saylov okrugi deputati T. Mirzayev hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi S. Safarov tomonidan "Do‘stlik" mahallasida saylovchilar tomonidan ko‘tarilgan muammolar joyiga chiqib o‘rganildi.

🔹 O‘rganish davomida aholini qiynab kelayotgan masalalar, jumladan, hudud infratuzilmasi, obodonlashtirish, kommunal xizmatlar va ijtimoiy soha bilan bog‘liq murojaatlar tinglanib, ularning holati joyida ko‘zdan kechirildi.

📋 Shuningdek, murojaatlar yuzasidan tegishli tashkilotlar vakillari bilan fikr almashilib, mavjud muammolarni bosqichma-bosqich bartaraf etish, qonunchilik doirasida yechim topish hamda ijrosini nazoratga olish yuzasidan tegishli vazifalar belgilandi.

🤝 Saylovchilar bilan ochiq muloqot qilish, ularning fikr va takliflarini eshitish hamda hududdagi dolzarb muammolarni o‘z vaqtida hal etish deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

✅ Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi deputatlari tomonidan saylovchilar bilan muntazam muloqot olib borilib, ularning murojaatlarini o‘z vaqtida o‘rganish va ijobiy hal etishga alohida e'tibor qaratilmoqda.

Slide 1 of 3