Qabul davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar tinglanib, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlashga oid masalalar yuzasidan batafsil huquqiy maslahat va tushuntirishlar berildi.
🤝Shuningdek, ko‘tarilgan masalalarni amaldagi qonunchilik asosida hal etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, ayrim murojaatlar bo‘yicha mas’ul tashkilotlarga tegishli yo‘nalishlar belgilandi hamda ularning ijobiy yechimini ta’minlash yuzasidan zarur choralar ko‘rildi.
✅Fuqarolar bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, ularning murojaatlarini joyida o‘rganish va amaliy yechim topishga qaratilgan bunday sayyor qabullar muntazam davom ettiriladi.
Bizni kuzatishda davom eting!