35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
Tepaqo‘rg‘on mahallasida aholi bandligi va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha ishlar o‘rganildi
янв.21
Ko‘p qavatli uylarni boshqarishdagi muammolar deputat nazoratiga olindi
янв.21
Yo‘l infratuzilmasi va harakat xavfsizligi masalalari deputat nazoratiga olindi
янв.21
Deputat nazorati – xalq manfaatlari yo‘lida: O‘rikzor mahallasida xotin-qizlar faoliyati o‘rganildi
янв.21
Deputatlik so‘rovi natijasida tumandagi Yu.Sakkokiy ko'chasidagi elektr simlariga tegib turgan daraxt shoxlari butalandi
янв.21
Deputat va fuqarolar uchrashuvi: muammolar yechimi – amaliy muloqot orqali
янв.21
Yoshlar bandligi va kelajagi – e'tibor markazida
янв.21
Nayman mahallasida aniqlangan kamchiliklar tezkor bartaraf etildi
янв.21
Ko‘hna Cho‘ponota mahallasida ko‘p qavatli uylar va boshqaruv servis kompaniyasi faoliyati o‘rganildi
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi huzuridagi ekspert guruhi a’zosi Qahramonov Mirziyod Sunnatillayevich Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishida o‘z takliflarini bildirdi
#ekspert_fikri #doimiykomissiya #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi huzuridagi ekspert guruhi a’zosi Qahramonov Mirziyod Sunnatillayevich Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishida o‘z takliflarini bildirdi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishida Toshkent shahar Kengashi huzuridagi ekspert guruhi a’zosi sifatida ishtirok etdim. Yig‘ilishda sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish, sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni ta’minlash, nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash hamda ta’lim sohasiga oid dolzarb masalalar atroflicha muhokama qilindi.

📝Dastlab Toshkent shahar Sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi tomonidan sog‘liqni saqlashni rivojlantirishga oid davlat dasturlarining ijrosi, kasalliklar profilaktikasi, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, tez tibbiy yordam, kafolatlangan bepul tibbiy xizmat ko‘rsatish, tibbiyot muassasalarini moliyalashtirish, zarur jihoz va uskunalar bilan ta’minlash hamda kadrlar va dori vositalari bilan bog‘liq masalalar yuzasidan taqdim etilgan hisobot muhokama qilindi. Shuningdek, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Toshkent shahar boshqarmasining amalga oshirgan ishlari hamda nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlashga oid masalalar yuzasidan ham batafsil axborot eshitildi.

💬 Muhokamalar yakunida o‘z fikrlarimni bildirib, doimiy komissiya yig‘ilishi kun tartibidagi masalalar tartibli, izchil va mazmunli tarzda ko‘rib chiqilganini alohida ta’kidladim. Raislik qiluvchi tomonidan kun tartibidagi har bir masala aniq va tushunarli bayon etilgani, muhokamalar esa ochiq va konstruktiv ruhda tashkil etilganini qayd etdim.

🤝 Yig‘ilish davomida deputatlar, ekspertlar hamda mas’ul tashkilotlar vakillari faol ishtirok etib, o‘z fikr va takliflarini erkin bildirishdi. Savol-javob jarayonining ochiq va shaffof tashkil etilgani, ishtirokchilarni qiziqtirgan barcha masalalar yuzasidan batafsil izohlar berilgani yig‘ilish samaradorligini yanada oshirdi, deb hisoblayman.

📊 Taqdim etilgan hisobotlarda amalga oshirilgan ishlar, mavjud muammolar va kelgusidagi ustuvor vazifalar atroflicha yoritildi. Muhokamalar davomida ilgari surilgan taklif va tavsiyalar Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash sohalarida olib borilayotgan ishlar samaradorligini yanada oshirishga xizmat qiladi, degan fikrdaman.

✅ Umuman olganda, mazkur doimiy komissiya yig‘ilishi foydali, mazmunli va amaliy ruhda tashkil etildi. Unda ishtirok etganimdan mamnunman hamda yig‘ilish yakunida qabul qilingan qaror va tavsiyalarning o‘z vaqtida hamda sifatli ijro etilishi poytaxtimizda ta’lim va sog‘liqni saqlash tizimini yanada takomillashtirishga munosib hissa qo‘shishiga ishonaman.

🗣Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi huzuridagi ekspert guruhi a’zosi - Mirziyod Qahramonov

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash
Slide 1 of 1