#deputat_daftari
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 6-Farovon saylov okrugidan saylangan deputati N.Ochilova tomonidan Alisher Navoiy mahallasida oilaviy masala yuzasidan murojaat joyiga chiqib o‘rganildi.
Suhbat davomida oila a’zolarining fikr-mulohazalari tinglanib, mavjud vaziyat atroflicha muhokama qilindi. Tomonlarga amaldagi qonunchilik va o‘zaro hurmat hamda hamjihatlik tamoyillari asosida tegishli tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, masalani tinch va o‘zaro kelishuv yo‘li bilan hal etish yuzasidan tavsiyalar bildirildi hamda zarur hollarda mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy ko‘mak ko‘rsatish bo‘yicha tegishli choralar belgilandi.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|