35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
Tepaqo‘rg‘on mahallasida aholi bandligi va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha ishlar o‘rganildi
янв.21
Ko‘p qavatli uylarni boshqarishdagi muammolar deputat nazoratiga olindi
янв.21
Yo‘l infratuzilmasi va harakat xavfsizligi masalalari deputat nazoratiga olindi
янв.21
Deputat nazorati – xalq manfaatlari yo‘lida: O‘rikzor mahallasida xotin-qizlar faoliyati o‘rganildi
янв.21
Deputatlik so‘rovi natijasida tumandagi Yu.Sakkokiy ko'chasidagi elektr simlariga tegib turgan daraxt shoxlari butalandi
янв.21
Deputat va fuqarolar uchrashuvi: muammolar yechimi – amaliy muloqot orqali
янв.21
Yoshlar bandligi va kelajagi – e'tibor markazida
янв.21
Nayman mahallasida aniqlangan kamchiliklar tezkor bartaraf etildi
янв.21
Ko‘hna Cho‘ponota mahallasida ko‘p qavatli uylar va boshqaruv servis kompaniyasi faoliyati o‘rganildi
Deputat e’tiborida — yosh sportchilar kelajagi

Amudaryo tumani hokimi, Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi deputati S.Xo‘jametov deputatlik faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishidan biri — mahallalarda aholi va bolalar uchun sport infratuzilmasining holatini o‘rganish doirasida tuman prokurori IIB mas’ullari bilan birgalikda "Navoiy" mahallasida joylashgan boks zaliga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida yosh bokschilarning mashg‘ulot jarayonlari ko‘zdan kechirilib, ular bilan samimiy suhbat o‘tkazildi hamda sparring janglari tomosha qilindi. Yoshlarga kelgusidagi musobaqalarda yuqori natijalarga erishishlari uchun motivatsiya va ezgu tilaklar bildirildi.

Tadbir so‘nggida O‘zbekiston chempioni, sport ustasi va professional boksda munosib natijalarga erishib kelayotgan S.Shomurodovga esdalik sovg‘asi topshirildi.

Slide 1 of 3