Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Nurobod mahallasida ko‘p qavatli uylar va obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Tepaqo‘rg‘on mahallasidagi bolalar va sport maydonchalari holati o‘rganildi
янв.21
Ijtimoiy soha obyektlarining ta’mirtalab holati tahlil qilindi
янв.21
Uchtepa tumanida Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan soha fidoyilari e’tirof etildi
янв.21
Fuqaro murojaati joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
Deputatlar mahallada xotin-qizlar bilan ishlash tizimi samaradorligini o‘rgandi
янв.21
Hamdo'st mahallasida joylashgan bolalar maydonchasidagi aniqlangan nosozlik bartaraf etildi.
янв.21
Vatanparvar mahallasida aniqlangan muammo qisqa muddatda bartaraf etildi
янв.21
Amaliy natija - muammo bartaraf etildi
янв.21
Hamdo'st mahallasida sport infratuzilmasini rivojlantirish masalalari deputat nazoratida
#_munosabat

“O‘zgidromet tomonidan 18–20 iyul kunlari yurtimiz hududiga janubdan juda issiq havo oqimlari kirib kelishi prognoz qilinmoqda. Bunday ob-havo sharoitida har bir fuqaro o‘z salomatligini asrashga alohida e’tibor qaratishi muhim.
Ayniqsa, keksalar, bolalar, homilador ayollar hamda surunkali kasalligi bor fuqarolar zarurat bo‘lmasa, kunning eng issiq vaqtlarida ochiq havoda uzoq qolmasliklari, ko‘proq suyuqlik iste’mol qilishlari tavsiya etiladi.
Shuningdek, barcha tashkilot va korxonalar, mahalla faollari hamda mas’ul xizmatlar issiq havo oqibatlarining oldini olish bo‘yicha zarur choralarni kuchaytirishlari lozim. Elektr energiyasi va ichimlik suvidan oqilona foydalanish, yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya etish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biridir.
Fuqarolarimizni ehtiyotkor bo‘lishga, o‘z salomatligi va yaqinlari xavfsizligini asrashga chaqiraman. Birgalikdagi mas’uliyat va ogohlik orqali jazirama kunlarni sog‘-salomat o‘tkazamiz.”