Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ko‘hna Cho‘ponota mahallasida ko‘p qavatli uylar va boshqaruv servis kompaniyasi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Nayman mahallasida boshqaruv kompaniyasi faoliyati va ekologik holat o‘rganildi
янв.21
Nurobod mahallasida ko‘p qavatli uylar va obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Tepaqo‘rg‘on mahallasidagi bolalar va sport maydonchalari holati o‘rganildi
янв.21
Ijtimoiy soha obyektlarining ta’mirtalab holati tahlil qilindi
янв.21
Uchtepa tumanida Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan soha fidoyilari e’tirof etildi
янв.21
Fuqaro murojaati joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
Deputatlar mahallada xotin-qizlar bilan ishlash tizimi samaradorligini o‘rgandi
янв.21
Hamdo'st mahallasida joylashgan bolalar maydonchasidagi aniqlangan nosozlik bartaraf etildi.
янв.21
Vatanparvar mahallasida aniqlangan muammo qisqa muddatda bartaraf etildi
Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi deputatlari Y.Jo'rayev va J.Mamadaliyev tomonidan tuman hokimligi vakili D.Mardiyev, tuman Kengashi kotibiyati mudiri N.Turdiyev hamda bosh mutaxassis D.Shakarboyev ishtirokida Bo'ston mahallasi hududida joylashgan 9-sonli umumiy o‘rta ta'lim maktabiga olib boruvchi piyodalar yo‘lakchasi mavjud emasligi yuzasidan uchrashuv davomida bildirilgan murojaat joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida mazkur hududda piyodalar yo‘lakchasining mavjud emasligi aniqlandi. Ushbu holat o‘quvchilar va mahalla aholisi uchun noqulaylik tug‘dirayotgani inobatga olinib, muammoni bartaraf etish yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilotlarga taklif va tavsiyalar berildi. Mazkur masala nazoratga olinib, piyodalar yo‘lakchasini barpo etish imkoniyatlari yuzasidan tegishli choralar ko‘rilishi belgilandi.

Slide 1 of 3