Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat tashabbusi bilan muammo shu kunning o‘zida bartaraf etildi
янв.21
Diydor mahallasida murojaatlar va ijtimoiy himoya masalalari o‘rganildi
янв.21
A.Sog‘uniy mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Paxtakor mahallasida yo‘l infratuzilmasi va harakat xavfsizligi masalalari o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining III chaqiriq o'ttiz birinchi sessiyasi kun tartibidagi masalalar doimiy komissiyada muhokama qilindi
янв.21
Paxtakor mahallasida ijtimoiy himoya tizimi va qonunchilik ijrosi o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining III chaqiriq o'ttiz birinchi sessiyasiga bag‘ishlangan doimiy komissiya yig‘ilishi - dolzarb masalalar muhokama markazida
янв.21
Uchtepa tumanida navbatdagi deputatlik so'rovi chiqarildi
янв.21
Bekobod mahallasida “yettilik” faoliyati va hudud masalalari muhokama qilindi
янв.21
Xondamir mahallasida deputatlik o‘rganishi o‘tkazildi
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Sirdaryo viloyati hududiy saylov komissiyasi raisi o‘rinbosari F. Abdusattorov, Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi deputati U. Yarlakabov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Sh. Suvankulov tomonidan Boyovut tumani “Sarmich” mahallasida joylashgan 120 o‘rinli 45-sonli umumta’lim maktabida amalga oshirilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida maktab binosida olib borilgan qurilish ishlari to‘liq yakunlangani, hozirda esa sinf xonalarini zamonaviy mebel va zarur o‘quv jihozlari bilan ta’minlash ishlari olib borilayotgani qayd etildi.

Mas’ullar tomonidan bildirilishicha, yangi o‘quv yilidan boshlab, ya’ni sentabr oyida o‘quvchilar ta’lim jarayonini yangi va zamonaviy binoda boshlashlari rejalashtirilgan. Hozirda maktab uchun zarur bo‘lgan jihozlarni yetkazib berish ishlari yakuniy bosqichda davom etmoqda.

Mazkur ta’lim muassasasining foydalanishga topshirilishi o‘quvchilarning zamonaviy va qulay sharoitlarda ta’lim olishini ta’minlash, shuningdek, hududda ta’lim sifati va infratuzilmasini yanada yaxshilashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 5