Deputat saylovchilar oldida hisobot berdi
Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashiga 19-Zarbdor saylov okrugidan saylangan deputat J.Donayev o‘zi saylangan "Zarbdor" mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazib, 2026-yilning 2-choragi yakunlari bo‘yicha amalga oshirgan ishlari yuzasidan hisobot berdi.
Uchrashuvda xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri K.Muhammadiyev, tuman hokimining o‘rinbosari O.Poyanov, tuman hokimligi Tashkiliy-kadrlar bo‘limi mutaxassisi U.Qorayev, tumandagi tegishli tashkilot va muassasalar rahbarlari hamda mahalla faollari ishtirok etdilar.
Jarayon davomida deputat J.Donayevning 2026-yilning ikkinchi choragida saylov okrugida amalga oshirgan ishlari, fuqarolar murojaatlari asosida hal etilgan masalalar, deputatlik so‘rovlari natijalari hamda hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida olib borilgan faoliyati to‘g‘risidagi axborot xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri K.Muhammadiyev tomonidan saylovchilarga o‘qib eshittirildi.
Shuningdek, uchrashuv davomida saylovchilarning murojaat va takliflari tinglanib, ularni hal etish yuzasidan mas'ul tashkilotlar rahbarlariga tegishli topshiriqlar berildi. Ayrim masalalar joyida ijobiy hal etilgan bo‘lsa, qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan murojaatlar deputatlik nazoratiga olinib, ularning ijrosini ta'minlash bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.
Uchrashuv yakunida saylovchilar deputat faoliyati yuzasidan o‘z fikr va mulohazalarini bildirib, hududni yanada rivojlantirish va aholi muammolarini bartaraf etish borasidagi hamkorlikni davom ettirish yuzasidan takliflarini bildirdilar.
Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram