Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
A.Sog‘uniy mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Paxtakor mahallasida yo‘l infratuzilmasi va harakat xavfsizligi masalalari o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining III chaqiriq o'ttiz birinchi sessiyasi kun tartibidagi masalalar doimiy komissiyada muhokama qilindi
янв.21
Paxtakor mahallasida ijtimoiy himoya tizimi va qonunchilik ijrosi o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining III chaqiriq o'ttiz birinchi sessiyasiga bag‘ishlangan doimiy komissiya yig‘ilishi - dolzarb masalalar muhokama markazida
янв.21
Uchtepa tumanida navbatdagi deputatlik so'rovi chiqarildi
янв.21
Bekobod mahallasida “yettilik” faoliyati va hudud masalalari muhokama qilindi
янв.21
Xondamir mahallasida deputatlik o‘rganishi o‘tkazildi
янв.21
Uchtepa tumanida navbatdagi deputatlik so'rovi chiqarildi
янв.21
Deputatlik so‘rovi natijasida tumandagi Bog'obod mahallasi hududidagi tungi yoritish chirog'i va ustuni o'rnatildi
Yoshlar maslahat guruhi a’zosi bilan yoshlarga ajratilgan yerlar bo‘yicha o‘rganishlar olib borildi.

Xalq deputatlari Bo‘zatov tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi K. Aytmuratov "Qusqanatov" okrugida yoshlar maslahat guruhi a’zosi bilan birgalikda yoshlarga ajratilgan yer maydonlaridan foydalanish holatini joyiga chiqqan holda o‘rgandi.
O‘rganish davomida yer maydonlarida olib borilayotgan ishlar, ekinlarning holati hamda ajratilgan yerlardan samarali va maqsadli foydalanish masalalari ko‘zdan kechirildi. Jumladan, "Tóremurat, Atajan" korporativ dehqon xo‘jaligi hududida 15 nafar yoshga ajratilgan yer maydonlari o‘rganildi. Hozirgi kunda ushbu yerlarda kortoshka, qovun hamda poliz ekinlari yetishtirilayotgani, yoshlar tomonidan agrotexnik tadbirlar o‘z vaqtida amalga oshirilayotgani qayd etildi.
Shuningdek, yerlardan yanada unumli foydalanish, hosildorlikni oshirish, ekinlarni sifatli parvarishlash va mo‘l hosil olish bo‘yicha yoshlar bilan suhbat o‘tkazilib, tegishli tavsiya va tushuntirishlar berilip kelinmoqda.
Bunday o‘rganishlar yoshlarning bandligini ta’minlash, qishloq xo‘jaligi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda ajratilgan yer maydonlaridan oqilona foydalanishni ta’minlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 2