Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Nurobod mahallasida ko‘p qavatli uylar va obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Tepaqo‘rg‘on mahallasidagi bolalar va sport maydonchalari holati o‘rganildi
янв.21
Ijtimoiy soha obyektlarining ta’mirtalab holati tahlil qilindi
янв.21
Uchtepa tumanida Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan soha fidoyilari e’tirof etildi
янв.21
Fuqaro murojaati joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
Deputatlar mahallada xotin-qizlar bilan ishlash tizimi samaradorligini o‘rgandi
янв.21
Hamdo'st mahallasida joylashgan bolalar maydonchasidagi aniqlangan nosozlik bartaraf etildi.
янв.21
Vatanparvar mahallasida aniqlangan muammo qisqa muddatda bartaraf etildi
янв.21
Amaliy natija - muammo bartaraf etildi
янв.21
Hamdo'st mahallasida sport infratuzilmasini rivojlantirish masalalari deputat nazoratida
Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi


Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi deputatlari E.Babayev, N.Turdiyev hamda kotibiyat bosh mutaxassisi D.Shakarboyevlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-377-sonli qarori ijrosi doirasida Yangi hayot mahallasi hududida joylashgan 11-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida amalga oshirilayotgan mukammal ta’mirlash ishlari holati joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganish davomida qurilish-ta’mirlash ishlarining borishi, belgilangan loyiha asosida bajarilayotgan ishlar sifati hamda obyektni belgilangan muddatlarda foydalanishga topshirish masalalari yuzasidan monitoring olib borildi. Aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish hamda qurilish ishlarini sifatli yakunlash bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 6