Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
PQ–209 ijrosi doirasida Qoryog‘di mahallasida “mahalla yettiligi” bilan muhokama o‘tkazildi
янв.21
Mahallada videokuzatuv tizimini kengaytirish
янв.21
Deputat mahallada ijtimoiy himoya masalalarini joyiga chiqib o‘rgandi
янв.21
Qoryog‘di mahallasidagi infratuzilma va ijtimoiy masalalar joyida o‘rganildi
янв.21
Bolalar maydonchasini ta'mirlash masalasi
янв.21
Vatan mahallasida aholini qiynayotgan kommunal muammolar joyida o‘rganildi
янв.21
Sessiya kun tartibiga kiritilgan tuman hokimining Favqulodda vaziyatlar bo‘yicha axboroti joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
“Mening bog‘im” loyihasi doirasida barpo etilayotgan “Yashil bog‘” hududi joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
Nayman mahallasini o'rganish davomida aniqlangan muammo yuzasidan navbatdagi deputatlik so'rovi chiqarildi
янв.21
Zargarlik mahallasini o'rganish natijasida aniqlangan muammo yuzasidan deputat so'rovi chiqarildi
#deputatlik_faoliyati
#DeputatNazorati

Fuqarolar murojaatlari deputatlar nazoratida

❗️Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashining 9-Rovatak saylov okrugi deputati B. Baxovadinov tomonidan aholi murojaatlarini o‘rganish ishlari izchil davom ettirilmoqda.

🛣Navbatdagi o‘rganish jarayonida Rovatak mahalla fuqarolar yig‘inining Q.Ergashev 4A-ko‘chasi hududida joylashgan zamonaviy ta’mirlangan masjid hamda qabristonga olib boruvchi yo‘lning ta’mirtalab holatda ekani aniqlandi.
Mazkur holat fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan dolzarb masalalardan biri sifatida o‘rganilib, deputat tomonidan nazoratga olindi.

📌Murojaat deputatning aholi bilan ko‘chama-ko‘cha olib borilayotgan o‘rganishlari va uchrashuvlari davomida yuritiladigan daftariga qayd etildi.

📖Shuningdek, muammoni ijobiy hal etish maqsadida tuman obodonlashtirish bo‘limiga mazkur yo‘lni manzilli dasturga kiritish hamda ta’mirlash ishlarini amalga oshirish yuzasidan deputat so‘rovi yuborilishi belgilandi.

✅Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Slide 1 of 2