Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati G.Bobojonova hamda Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati O‘.Axmedovlar
Fayziobod mahallasida yaqinda barpo etilgan piyodalar yo‘lakchasi va amalga oshirilgan ishlar bilan tanishdilar. O‘rganish davomida piyodalar yo‘lakchasining qurilish sifati, uning belgilangan talablar asosida barpo etilgani hamda aholi uchun yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi. Ta’kidlanganidek, mazkur piyodalar yo‘lakchasining barpo etilishi fuqarolar, ayniqsa, yoshlar, keksalar va maktab o‘quvchilarining xavfsiz harakatlanishini ta’minlash, yo‘l-transport hodisalarining oldini olish hamda mahalla infratuzilmasini yanada takomillashtirishga xizmat qiladi. O‘rganish yakunida aholiga qulay va xavfsiz muhit yaratishga qaratilgan bunday loyihalarning sifatli amalga oshirilishi ustidan jamoatchilik va deputatlik nazoratini izchil davom ettirish muhimligi ta’kidlandi.