Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
PQ–209 ijrosi doirasida Qoryog‘di mahallasida “mahalla yettiligi” bilan muhokama o‘tkazildi
янв.21
Mahallada videokuzatuv tizimini kengaytirish
янв.21
Deputat mahallada ijtimoiy himoya masalalarini joyiga chiqib o‘rgandi
янв.21
Qoryog‘di mahallasidagi infratuzilma va ijtimoiy masalalar joyida o‘rganildi
янв.21
Bolalar maydonchasini ta'mirlash masalasi
янв.21
Vatan mahallasida aholini qiynayotgan kommunal muammolar joyida o‘rganildi
янв.21
Sessiya kun tartibiga kiritilgan tuman hokimining Favqulodda vaziyatlar bo‘yicha axboroti joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
“Mening bog‘im” loyihasi doirasida barpo etilayotgan “Yashil bog‘” hududi joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
Nayman mahallasini o'rganish davomida aniqlangan muammo yuzasidan navbatdagi deputatlik so'rovi chiqarildi
янв.21
Zargarlik mahallasini o'rganish natijasida aniqlangan muammo yuzasidan deputat so'rovi chiqarildi
“Yangi O‘zbekiston qiyofasi” kasb etayotgan "Yangiyer" mahallasida aholi uchun qulaylik yaratish ishlari olib borilmoqda

Mazkur loyiha doirasida mahallada jami 5,5 km ichki yo‘llarni asfaltlash, 0.7 km piyodalar yo‘lakchasi qurish, elektr tarmoqlarini yaxshilash maqsadida 0.3 km yangi tarmoq tortish, 60 dona beton ustunlar va 2 dona yangi transformator o‘rnatish, 160 dona tungi yoritish chiroqlari o‘rnatish hamda 0.7 km ariqlarni betonlash rejalashtirilgan
Ayni paytda tasdiqlangan reja asosida amaliy ishlar izchil davom ettirilmoqda. Xususan, hozirda mahalla ichki ko‘chalariga asfalt yotqizish ishlari oldidan yer qatlami tayyorlash hamda piyodalar yo‘lakchasi qurish ishlari olib borilmoqda. Shu bilan birga, kommunikatsiya tarmoqlarini tartibga keltirish va hududni obodonlashtirish ishlari ham bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.
Hududda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari mahalla infratuzilmasini zamonaviy talablar asosida rivojlantirish, aholining kundalik turmushiga qulaylik yaratish hamda mahalla qiyofasini yanada obod va ko‘rkam etishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 3