#162_Qonun
#Deputat_faoliyati
#Madad_NNT_bilan_hamkorlik
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 10-Darvishiq saylov okrugidan saylangan deputati A.Maxammatov, tuman Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunovning kunlik ish rejasiga muvofiq hamda “Madad” nodavlat notijorat tashkiloti Payariq tumani rahbari O‘. Egamberdiyev ishtirokida Qirqovul mahallasida tadbirkorlik subyektlari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 1-noyabrda qabul qilingan O‘RQ–578-son “To‘lovlar va to‘lov tizimlari to‘g‘risida”gi Qonunining asosiy qoidalari, to‘lov xizmatlari, elektron to‘lov vositalaridan foydalanish hamda qonun talablariga rioya etish yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Yakunda ishtirokchilarning savollari amaldagi qonunchilik asosida ko‘rib chiqilib, tegishli huquqiy tushuntirishlar berildi.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|