#Kengash_sessiyalariga_oid
Payariq tumani budjetining qoʻshimcha manbalari hisobidan mablagʻlarni yoʻnaltirish toʻgʻrisida Kengash qarori tasdiqlandi.
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 2026-yil 19-iyundagi VII-28-79-7-100-K/26-sonli qarori bilan tasdiqlandi.
Qarorga ko‘ra, ajratilgan mablag‘lar belgilangan maqsadlar uchun qonunchilik talablariga muvofiq sarflanadi.
Shuningdek, mas’ul tashkilotlarga:
✅ ajratilgan mablag‘lar hisobidan to‘lovlarni belgilangan tartibda amalga oshirish;
✅ moliyalashtirish uchun zarur hujjatlarni o‘z vaqtida taqdim etish;
✅ budjet mablag‘laridan maqsadli, oqilona va samarali foydalanishni ta’minlash vazifalari yuklatildi.
Mazkur qaror budjet mablag‘laridan ochiq va samarali foydalanishni ta’minlash hamda tumandagi ustuvor vazifalarni o‘z vaqtida moliyalashtirishga xizmat qiladi.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|