Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat murojaati asosida elektr ta’minotidagi muammo bartaraf etildi
янв.21
Deputat ichki yo‘llarni asfaltlashtirish ishlari bilan tanishdi
янв.21
"Mahalla yettiligi" faoliyati joyiga chiqqan holda tahlil qilindi
янв.21
Deputat fuqarolarning ijtimoiy himoya masalalariga oid murojaatlarini ko‘rib chiqdi
янв.21
Deputat tomonidan ijtimoiy soha obyektlaridagi ekologik holat joyida o‘rganildi
янв.21
Deputat tomonidan mahallada xavfsiz muhitni ta’minlash va videokuzatuv tizimlarini o‘rnatish ishlari tanqidiy o‘rganildi
янв.21
Deputat fuqarolar murojaatlarini qabul qildi
янв.21
Deputat tomonidan aholi murojaatlari joyiga chiqqan holda o‘rganilmoqda
янв.21
Fuqarolar murojaatlari asosida mahalla infratuzilmasi o‘rganildi
янв.21
Deputat tomonidan fuqaro murojaati joyiga chiqib o‘rganildi
#deputat_daftari

Xalq deputatlari tuman Kengashining 11-ADAS saylov okrugi deputati Usmonov Azamat tomonidan Sariosiyo mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro Davlat Meliyevning murojaati joyiga chiqib o‘rganildi.
Murojaat davomida fuqaro dehqon xo‘jaligi yer maydonida issiqxona tashkil etib, qulupnay yetishtirish bilan shug‘ullanayotgani, biroq mazkur hududda aholi foydalanayotgan transformator joylashgani sababli issiqxona qurilishi xavfsizlik nuqtai nazaridan noqulaylik tug‘dirayotganini ma’lum qildi. Shu munosabat bilan transformatorni dehqon xo‘jaligi yeridan chetroq hududga ko‘chirishda amaliy yordam so‘radi.
Deputat tomonidan murojaat joyida batafsil o‘rganilib, masalaning qonuniy yechimini ta’minlash maqsadida tegishli tashkilot — elektr tarmoqlari korxonasiga deputatlik so‘rovi yuborildi.
Fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va ularning muammolariga yechim topish deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qoladi.
Bizni kuzatib boring:👇
|📲 Telegram | 💻Facebook

Slide 1 of 3