Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat murojaati asosida elektr ta’minotidagi muammo bartaraf etildi
янв.21
Deputat ichki yo‘llarni asfaltlashtirish ishlari bilan tanishdi
янв.21
"Mahalla yettiligi" faoliyati joyiga chiqqan holda tahlil qilindi
янв.21
Deputat fuqarolarning ijtimoiy himoya masalalariga oid murojaatlarini ko‘rib chiqdi
янв.21
Deputat tomonidan ijtimoiy soha obyektlaridagi ekologik holat joyida o‘rganildi
янв.21
Deputat tomonidan mahallada xavfsiz muhitni ta’minlash va videokuzatuv tizimlarini o‘rnatish ishlari tanqidiy o‘rganildi
янв.21
Deputat fuqarolar murojaatlarini qabul qildi
янв.21
Deputat tomonidan aholi murojaatlari joyiga chiqqan holda o‘rganilmoqda
янв.21
Fuqarolar murojaatlari asosida mahalla infratuzilmasi o‘rganildi
янв.21
Deputat tomonidan fuqaro murojaati joyiga chiqib o‘rganildi
#24_masala

 Baxshitepa mahallasida elektr taʼminoti masalasi deputatlar va mas'ullar nazoratida
Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashi deputatlari F.Raxmatov va N.Muminova, tuman elektr tarmoqlari korxonasi rahbari R.To‘xtayev hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi G.Rajabova ishtirokida navbatdagi o‘rganish tadbiri o‘tkazildi.
Masʼullar 8-Baxshitepa saylov okrugiga qarashli "Baxshitepa" mahallasida bo‘lib, aholini sifatli va barqaror elektr energiyasi bilan taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdilar.
O‘rganish davomida:
Mahalladagi mavjud transformatorlar va elektr tarmoqlarining holati ko‘zdan kechirildi;
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik hamda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nosozliklarning oldini olish choralari muhokama qilindi;
Aholi xonadonlariga yetkazib berilayotgan elektr energiyasi sifatini oshirish bo‘yicha tuman elektr tarmoqlari korxonasiga tegishli vazifalar belgilab olindi.
Maqsad bitta: Hudud aholisi uchun munosib turmush sharoitini yaratish va energiya taʼminotidagi uzilishlarga barham berish.
Ishlar tizimli ravishda davom ettirilmoqda.

Bizni kuzatib boring:👇
|📲 Telegram | 💻Facebook

Slide 1 of 1