Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Navbatdagi sessiya masalalari deputatlik nazoratida o‘rganilmoqda
янв.21
Uchtepa tumanida navbatdagi deputatlik so'rovi chiqarildi
янв.21
Uchtepa tumanida navbatdagi deputatlik so'rovi chiqarildi
янв.21
"Mahalla yettiligi" faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Tinchlikobod mahallasida jinoyatchilikning oldini olish va ijtimoiy himoya masalalari o‘rganildi
янв.21
Deputat murojaati asosida elektr ta’minotidagi muammo bartaraf etildi
янв.21
Deputat ichki yo‘llarni asfaltlashtirish ishlari bilan tanishdi
янв.21
"Mahalla yettiligi" faoliyati joyiga chiqqan holda tahlil qilindi
янв.21
Deputat fuqarolarning ijtimoiy himoya masalalariga oid murojaatlarini ko‘rib chiqdi
янв.21
Deputat tomonidan ijtimoiy soha obyektlaridagi ekologik holat joyida o‘rganildi
Kengash qarorlari ijrosi o'rganildi

Kengash qarorlari ijrosi o'rganildi

Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J.Donayev hamda tuman Kengashini deputati A.Xolmo‘minov tuman Kengashining tegishli qarorlari asosida Qiziriq tumani hokimligi huzurida tashkil etilgan Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik jamg‘armasi mablag‘larining ajratilishi va ulardan maqsadli foydalanish holatini o‘rgandilar.

O‘rganish davomida jamg‘arma mablag‘larini o‘z vaqtida ajratish, moliyalashtirilayotgan loyihalarning ijro holati hamda mablag‘lardan samarali foydalanish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi.

Shuningdek, jamg‘arma mablag‘larining maqsadli va shaffof sarflanishini ta’minlash, belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida bajarilishi hamda mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 2