Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
PQ–209 ijrosi doirasida Qoryog‘di mahallasida “mahalla yettiligi” bilan muhokama o‘tkazildi
янв.21
Mahallada videokuzatuv tizimini kengaytirish
янв.21
Deputat mahallada ijtimoiy himoya masalalarini joyiga chiqib o‘rgandi
янв.21
Qoryog‘di mahallasidagi infratuzilma va ijtimoiy masalalar joyida o‘rganildi
янв.21
Bolalar maydonchasini ta'mirlash masalasi
янв.21
Vatan mahallasida aholini qiynayotgan kommunal muammolar joyida o‘rganildi
янв.21
Sessiya kun tartibiga kiritilgan tuman hokimining Favqulodda vaziyatlar bo‘yicha axboroti joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
“Mening bog‘im” loyihasi doirasida barpo etilayotgan “Yashil bog‘” hududi joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
Nayman mahallasini o'rganish davomida aniqlangan muammo yuzasidan navbatdagi deputatlik so'rovi chiqarildi
янв.21
Zargarlik mahallasini o'rganish natijasida aniqlangan muammo yuzasidan deputat so'rovi chiqarildi
"KITOB SOVG‘A" AKSIYASI O‘TKAZILDI

 Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati Dilafruz Qurbonova tomonidan Dolzarb 90 kunlik hamda "Payshanba — Yoshlar kuni" doirasida "Kengash" MFY hududida "Kitob sovg‘a" aksiyasi tashkil etildi.

Aksiya davomida mahallada istiqomat qiluvchi fuqarolar va ularning farzandlariga yangi nashrdan chiqqan badiiy hamda ma'rifiy kitoblar sovg‘a qilindi.

Tadbir davomida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, yoshlarning mutolaa qilishga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda kitoblarni tahlil qilish va o‘zaro tavsiya etishning ahamiyati alohida ta'kidlandi.

Bunday ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar yoshlarning intellektual salohiyatini oshirish va kitobxonlikni keng targ‘ib etishga xizmat qiladi.

Yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish va kitobxonlikni rivojlantirish borasidagi ishlar izchil davom etmoqda.

Slide 1 of 6