Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Vatan mahallasida aholini qiynayotgan kommunal muammolar joyida o‘rganildi
янв.21
Sessiya kun tartibiga kiritilgan tuman hokimining Favqulodda vaziyatlar bo‘yicha axboroti joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
“Mening bog‘im” loyihasi doirasida barpo etilayotgan “Yashil bog‘” hududi joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
Nayman mahallasini o'rganish davomida aniqlangan muammo yuzasidan navbatdagi deputatlik so'rovi chiqarildi
янв.21
Zargarlik mahallasini o'rganish natijasida aniqlangan muammo yuzasidan deputat so'rovi chiqarildi
янв.21
Deputat Zargarlik mahallasidagi murojaatlarni joyida ko‘rib chiqdi
янв.21
Qoziguzar mahallasida yomg‘ir suvlari to‘planishining oldini olishga qaratilgan qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
Zargarlik mahallasida boshqaruv kompaniyasi faoliyati tanqidiy o‘rganildi
янв.21
Uchtepa tumani Ekologiya inspeksiyasining fuqarolar murojaatlari bilan ishlash faoliyati doimiy komissiya tomonidan joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
Uchtepa tumanida navbatdagi deputatlik so'rovi chiqarildi
Kengash_faoliyati

📚 “Ko’mak” loyihasi imkoniyatlar loyihasi: Bandixon tumanida “Bilimdon” o‘quv markazi o'z faoliyatini boshladi

Bandixon tumanida yoshlarning bilim olishi, zamonaviy kasb va tillarni egallashi uchun yaratilayotgan sharoitlar amalda o‘z samarasini bermoqda. Ana shunday ezgu ishlarning yana bir yorqin namunasi — Paxtakor mahallasida yangi “Bilimdon” o‘quv markazining ish boshlagani bo‘ldi.

Bugun ushbu maskanning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda tuman hokimi, Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi deputati Abdumalik Allamuradov, mahalla faollari hamda yoshlar ishtirok etdi.

E’tiborlisi, markaz tashabbuskori Toshtemir Xolto’rayev davlatimiz yaratib berayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanib, Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish jamg‘armasining “Ko‘mak” loyihasi doirasida 130 million so‘m ssuda olib, ushbu zamonaviy ta’lim maskanini tashkil etdi.

Endilikda Paxtakor mahallasidagi yoshlar uzoq masofaga qatnamasdan, o‘z hududiga yaqin joyda sifatli ta’lim olish imkoniga ega bo‘lishadi. Markazda ingliz tili, matematika, fizika, tarix va boshqa fanlardan xalqaro va milliy sertifikatlarga ega ustozlar saboq beradi.

Bu kabi markazlar nafaqat bilim maskani, balki yoshlarning orzulari sari dadil qadam tashlashiga xizmat qiladigan muhim maydondir. Bandixonda ta’limga e’tibor, yoshlar kelajagiga ishonch va amaliy qo‘llab-quvvatlash izchil davom etmoqda.

Slide 1 of 14