Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Uchtepa tumanida navbatdagi deputatlik so'rovi chiqarildi
янв.21
"Mahalla yettiligi" faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Tinchlikobod mahallasida jinoyatchilikning oldini olish va ijtimoiy himoya masalalari o‘rganildi
янв.21
Deputat murojaati asosida elektr ta’minotidagi muammo bartaraf etildi
янв.21
Deputat ichki yo‘llarni asfaltlashtirish ishlari bilan tanishdi
янв.21
"Mahalla yettiligi" faoliyati joyiga chiqqan holda tahlil qilindi
янв.21
Deputat fuqarolarning ijtimoiy himoya masalalariga oid murojaatlarini ko‘rib chiqdi
янв.21
Deputat tomonidan ijtimoiy soha obyektlaridagi ekologik holat joyida o‘rganildi
янв.21
Deputat tomonidan mahallada xavfsiz muhitni ta’minlash va videokuzatuv tizimlarini o‘rnatish ishlari tanqidiy o‘rganildi
янв.21
Deputat fuqarolar murojaatlarini qabul qildi
#Deputat faoilayati

🏗 Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashi deputati K.Umarboyev tomonidan ko‘p qavatli turar joy binolari va ijtimoiy soha ob’ektlaridagi #lift_qurilmalarining_ishlash holati hamda xavfsizlik talablariga javob berishi joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida asosiy e’tibor quyidagilarga qaratildi:

🔹Liftlarning texnik sozligi, tormoz tizimlari, arqonlarning mustahkamligi va favqulodda to‘xtatish tugmalarining ishlashi;
🔹 Liftlarga xizmat ko‘rsatuvchi servis kompaniyalari tomonidan profilaktika ishlarining o‘z vaqtida va sifatli bajarilayotganligi;
🔹 Lift kabinalarining tozaligi, yoritish tizimi hamda aloqa (dispetcherlik) vositalarining mavjudligi.

O‘rganish davomida ayrim ko‘p qavatli uylarda liftlarning muddati o‘tganligi yoki ta’mirtalab ekanligi aniqlanib, ularni qisqa muddatda sozlash va xavfsiz ekspluatatsiya qilish bo‘yicha mas’ul boshqaruv servis kompaniyalariga hamda soha mutasaddilariga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Mas'ul mutaxassis I.Omonboyev

Slide 1 of 3