Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat aralashuvi bilan fuqarolar uchun qulay va xavfsiz harakatlanish yo‘li yaratildi
янв.21
Fuqaro murojaati deputat nazoratida: Latifguzar mahallasidagi muammo joyida bartaraf etildi
янв.21
DEPUTAT NAZORATIDAGI MUROJAAT IJROSI TA'MINLANDI
янв.21
Yoshlar sanoat zonasida yaratilayotgan sharoitlar va investitsiya loyihalari ijrosi o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar murojaati ijrosi ta’minlandi - Hayratiy mahallasida obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi
янв.21
Mahalla yettiligi faoliyati 24 talik tavsiyalar asosida tanqidiy muhokama qilindi
янв.21
Deputat so‘roviga Uchtepa tumani hokimining o'rinbosari tomonidan batafsil ma'lumot taqdim etildi
янв.21
Deputatlar sayyor qabulda fuqarolar muammolariga amaliy yechim topishda faol ishtirok etdi
янв.21
Sport infratuzilmasini yaxshilash masalalari deputat tomonidan o‘rganildi
янв.21
Mahalladagi xotin-qizlar faollari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi o‘rganildi
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashining haftalik ish rejasi e'lon qilindi:

Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashining haftalik ish rejasi:

🏛 Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashining navbatdagi haftalik ish rejasi doirasida deputatlar tomonidan hududlarda tizimli o‘rganish ishlari, aholi bilan uchrashuvlar hamda muhim tashkiliy tadbirlar izchil davom ettirilmoqda.

🗓 29-iyun, dushanba kuni Olmazor tumani hududidagi "G‘alaba bog‘i"da Dolzarb - 90 kun Yoshlar oyligi doirasida tantanali "Olmazor yoshlarni sevadi" shiori ostida bitiruv tadbiri tashkillashtiriladi;

Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi kotibiyati tomonidan "Chimboy" mahalla fuqarolar yig‘inida aholi murojaatlarini o‘rganish va fuqarolar bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish maqsadida navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi. Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi doirasida fuqarolar murojaatlari yuzasidan joyiga chiqqan holda o‘rganish ishlari olib boriladi

🔍 Mas’ul: U. Shopotixov, B.Xoliqjonova

🗓 30-iyun seshanba kuni Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashining15-Bo‘stonobod saylov okrugi deputati U.Fayziyeva tomonidan "Qichqiriq" MFY Mahalladagi yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlar samaradorligi, yoshlar bandligi holati yuzasidan faoliyatini o‘rganish .

🔍 Mas’ul: U. Shopotixov, B.Xoliqjonova

🗓 1-iyul chorshanba kuni Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashining 23-Zarqaynar saylov okrugi deputati I.Sagdullayev tomonidan “Xastimom” Mahallasidagi ijtimoiy xodim tomonidan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga ko‘rsatiladigan xizmatni sifatli tashkil etilishi, kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash holda o‘rganish ishlari olib boriladi;

🔍 Mas’ul: U. Shopotixov, B.Xoliqjonova

🗓 2-iyul payshanba kuni Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashining 10-Ahil saylov okrugi deputati A.Xasnov tomonidan "Ahil" mahalla fuqarolar yig‘inida aholi murojaatlarini o‘rganish va fuqarolar bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish maqsadida navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi. Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi doirasida fuqarolar murojaatlari yuzasidan joyiga chiqqan holda o‘rganish ishlari olib boriladi.

🔍 Mas’ul: U. Shopotixov, B.Xoliqjonova

🗓 3-iyul juma kuni Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashining 2-Oqtepa saylov okrugi deputati A.Ismailov tomonidan "Hislat" MFY yettilik vakillari bilan uchrashuvi hamda Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi doirasida hududlarda o‘rganish ishlari olib boradi.

🔍 Mas’ul: U. Shopotixov, B.Xoliqjonova

📌 Mazkur vazifalarning o‘z vaqtida va samarali ijrosini ta’minlash Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi kotibiyati xodimlari tomonidan doimiy nazoratga olingan.

👇 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

Slide 1 of 1