Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Fuqaro murojaati deputat nazoratida: Latifguzar mahallasidagi muammo joyida bartaraf etildi
янв.21
DEPUTAT NAZORATIDAGI MUROJAAT IJROSI TA'MINLANDI
янв.21
Yoshlar sanoat zonasida yaratilayotgan sharoitlar va investitsiya loyihalari ijrosi o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar murojaati ijrosi ta’minlandi - Hayratiy mahallasida obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi
янв.21
Mahalla yettiligi faoliyati 24 talik tavsiyalar asosida tanqidiy muhokama qilindi
янв.21
Deputat so‘roviga Uchtepa tumani hokimining o'rinbosari tomonidan batafsil ma'lumot taqdim etildi
янв.21
Deputatlar sayyor qabulda fuqarolar muammolariga amaliy yechim topishda faol ishtirok etdi
янв.21
Sport infratuzilmasini yaxshilash masalalari deputat tomonidan o‘rganildi
янв.21
Mahalladagi xotin-qizlar faollari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi o‘rganildi
янв.21
Chamanzor mahallasida elektr ta’minoti va yo‘l infratuzilmasi holati deputat nazoratida o‘rganildi
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi kotibiyati mudiri tomonidan tuman Kengashlari kotibiyat mudirlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazdi

 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi kotibiyati mudiri Davronbek Ravshanbekov tomonidan tuman Kengashlari kotibiyat mudirlari ishtirokida ishchi yig‘ilish tashkil etildi.

📁 Yig‘ilish davomida deputatlar faolligini oshirish, ularga tuman Kengashlari kotibiyatlari tomonidan tashkiliy-uslubiy ko‘mak ko‘rsatish, deputat faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalarni amaliyotga joriy etish zarurligi ta’kidlandi.

📉 Bundan tashqari, Kengash ish rejasining o‘z vaqtida va sifatli ijro etilishi, doimiy komissiyalar faoliyatini tizimlashtirish, sessiyalarni belgilangan tartibda o‘tkazish hamda kotibiyatlar ish samaradorligini oshirish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan mas’ullarga aniq vazifalar belgilab berildi.

🔎 Yig‘ilish yakunida tuman Kengashlari kotibiyat mudirlariga normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini qat’iy nazoratga olish, deputatlar bilan doimiy ishlash va mahalliy Kengashlar faoliyatini yanada faollashtirish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berdi.

Slide 1 of 3