Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Fuqaro murojaati deputat nazoratida: Latifguzar mahallasidagi muammo joyida bartaraf etildi
янв.21
DEPUTAT NAZORATIDAGI MUROJAAT IJROSI TA'MINLANDI
янв.21
Yoshlar sanoat zonasida yaratilayotgan sharoitlar va investitsiya loyihalari ijrosi o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar murojaati ijrosi ta’minlandi - Hayratiy mahallasida obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi
янв.21
Mahalla yettiligi faoliyati 24 talik tavsiyalar asosida tanqidiy muhokama qilindi
янв.21
Deputat so‘roviga Uchtepa tumani hokimining o'rinbosari tomonidan batafsil ma'lumot taqdim etildi
янв.21
Deputatlar sayyor qabulda fuqarolar muammolariga amaliy yechim topishda faol ishtirok etdi
янв.21
Sport infratuzilmasini yaxshilash masalalari deputat tomonidan o‘rganildi
янв.21
Mahalladagi xotin-qizlar faollari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi o‘rganildi
янв.21
Chamanzor mahallasida elektr ta’minoti va yo‘l infratuzilmasi holati deputat nazoratida o‘rganildi
📌Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputati Abduraxmonov Nodirjon Tursunboyevich tomonidan fuqarolardan kelib tushgan murojaatlar asosida tuman hokimligiga deputat so‘rovi yuborildi.

📝So‘rovda Asalobod ko‘chasidagi Xosiyatli podstansiyasidan Jarqo‘rg‘on ko‘chasigacha yangi qurilayotgan ko‘p qavatli uylarni elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida olib borilayotgan kabel yotqizish ishlari davomida piyodalar yo‘lagining bir qismi qazilgani biroq hozirgi kunga qadar tiklanmagani qayd etilgan.

❗️Natijada hudud aholisi ayniqsa keksalar, ayollar va bolalar uchun harakatlanishda noqulayliklar yuzaga kelayotgani ta’kidlangan.

📝Deputat so‘rovida mas’ul tashkilotlar ishtirokida holatni joyida o‘rganish, qazilgan trotuar qismini qisqa muddatlarda tiklash hamda piyodalar uchun qulay va xavfsiz sharoitlar yaratish yuzasidan tegishli choralar ko‘rish so‘ralgan.

Slide 1 of 1