Narx-navo va mahsulotlar ta’minoti o‘rganildi
Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputati G. Shafoatova hamda tuman Kengashining bosh mutaxassisi K. Abdullayeva bilan birgalikda Yangihayot MFY hududidagi savdo nuqtalarida aholi iste’moli uchun eng zarur mahsulotlarining narx-navosi hamda ta’minoti holati o‘rganildi.
O‘rganish davomida asosiy turdagi mahsulotlarining mavjudligi, narxlarning barqarorligi va aholining kundalik ehtiyojlarini qondirish darajasiga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, tadbirkorlar bilan suhbat o‘tkazilib, mahsulotlar zaxirasini yetarli darajada saqlash va narxlarning asossiz oshirilishiga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan tavsiyalar berildi.
Aholini sifatli va arzon mahsulotlar bilan uzluksiz ta’minlash hamda iste’mol bozoridagi barqarorlikni saqlash borasidagi monitoring ishlari davom ettirilmoqda.