Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Uchtepa tumanida oqova suv tarmoqlari va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari o‘rganildi
янв.21
Uchtepa tumanida “Dolzarb 90 kun” dasturi va yozgi ta’til tadbirlari joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
Nurobod mahallasidagi muammolar deputat tomonidan o‘rganildi
янв.21
Okrug deputati murojaati ijobiy hal etildi
янв.21
Uchtepa tumanida navbatdagi deputatlik so'rovi chiqarildi
янв.21
MAHALLA RAISLARINING MALAKASINI OSHIRISHGA QARATILGAN SEMINARDA UCHTEPA TUMANI VAKILLARI ISHTIROK ETMOQDA
янв.21
UCHTEPA TUMANI AHOLISINI ICHIMLIK SUVI BILAN TA’MINLASH HOLATI HAMDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK ISHLARI YUZASIDAN NAVBATDAGI SESSIYA KUN TARTIBIGA KIRITISH MAQSADIDA O‘RGANISH O‘TKAZILDI
янв.21
Deputat o‘z okrugidagi muammolarni joyida o‘rganmoqda
янв.21
Yoshlar siyosati amalda: DXX kubogi g‘oliblari munosib taqdirlandi
янв.21
Deputatlik vakolati va hokimlik mas’uliyati amalda
DEPUTAT TOMONIDAN AHOLINI QIYNAYOTGAN MUAMMOlAR YUZASIDAN DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati Imamov Sanjarali Tolkinovich tomonidan Chilonzor tumani “Suvsoz” tarmoqlari boshqarmasiga deputat so‘rovi yuborildi.

⚡️Mazkur deputat so‘rovida Chilonzor tumani “Beshqo‘rg‘on” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi 4-tor Karvonsaroy ko‘chasida mavjud ichimlik suvi tarmog‘i bilan bog‘liq muammolar ko‘tarilgan. Aholi murojaatlarida qayd etilishicha, ushbu hududdagi 150 metr uzunlikdagi suv quvuri eskirgani sababli avariya holatiga kelib qolgan hamda quvurdan suv sizib chiqishi kuzatilmoqda.

Natijada ko‘cha hududida doimiy namlik va suv to‘planishi yuzaga kelib, fuqarolar uchun noqulay sharoitlar vujudga kelmoqda. Mazkur holat nafaqat aholi e’tirozlariga sabab bo‘lmoqda, balki hududda amalga oshirilishi rejalashtirilgan obodonlashtirish va yo‘l infratuzilmasini yaxshilash ishlariga ham salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

Xususan, mazkur ko‘chada asfalt qoplamasi yotqizish ishlari rejalashtirilgan bo‘lib, mavjud eskirgan suv quvurlari almashtirilmasdan turib yo‘l-qurilish ishlarini amalga oshirish maqsadga muvofiq emasligi ta’kidlangan. Chunki keyinchalik yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan avariya holatlari yangi asfalt qoplamasining buzilishiga, qo‘shimcha xarajatlar va aholiga noqulayliklar tug‘dirishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Deputat so‘rovida mas’ul tashkilotdan “Beshqo‘rg‘on” MFY 4-tor Karvonsaroy ko‘chasidagi mavjud ichimlik suvi quvurining texnik holatini o‘rganish, o‘rganish natijalariga ko‘ra eskirgan va avariya holatidagi quvurlarni yangisiga almashtirish hamda suv sizib chiqishi bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etish yuzasidan amaliy choralar ko‘rish so‘ralgan.

Deputat tomonidan aholi murojaatlarida ko‘tarilgan masalalarni o‘z vaqtida hal etish, muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasining barqaror faoliyatini ta’minlash hamda hududlarda qulay yashash sharoitlarini yaratishga qaratilgan amaliy choralar ko‘rilishi nazoratga olingan.

Slide 1 of 2