Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat o‘z okrugidagi muammolarni joyida o‘rganmoqda
янв.21
Yoshlar siyosati amalda: DXX kubogi g‘oliblari munosib taqdirlandi
янв.21
Deputatlik vakolati va hokimlik mas’uliyati amalda
янв.21
Deputatlar va ijro hokimiyati vakillari “Tashabbusli byudjet” loyihalari ijrosini o‘rganmoqda
янв.21
“Open Budjet – 2026” loyihalari ijrosi deputatlar nazoratida
янв.21
Sessiya kun tartibiga kiritilishi belgilangan masalalar yuzasidan o‘rganish ishlari davom etmoqda
янв.21
44-sonli maktabda yaratilgan sharoitlar va ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi o‘rganildi
янв.21
Mahallani rivojlantirish va aholi farovonligi – e’tibor markazida
янв.21
Deputat hisoboti va fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Mahallalarda infratuzilma yaxshilanmoqda
Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi

Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi deputati Ulug‘bek Normatov shahardagi sport inshootlari holati hamda yoshlarning yozgi ta’til davrini mazmunli va samarali tashkil etishga qaratilgan to‘garaklar faoliyati bilan tanishdi.

Tashrif davomida aholi, ayniqsa bolalar va o‘smirlar uchun yaratilgan sport maydonchalari, mavjud sharoitlar, ularning texnik holati hamda foydalanish samaradorligi o‘rganildi.

Shuningdek, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, ularni sport, san’at va turli yo‘nalishlardagi to‘garaklarga keng jalb etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi. To‘garak mashg‘ulotlarining sifati, qamrovi va yoshlar qiziqishlariga mosligi yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.

Yosh avlodning sog‘lom, bilimli va har tomonlama barkamol bo‘lib voyaga yetishida sport inshootlari hamda mazmunli dam olishni tashkil etuvchi to‘garaklarning o‘rni beqiyos. Bu boradagi ishlarni yanada takomillashtirish va mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish muhim vazifalardan biri hisoblanadi.

Slide 1 of 1