Tadbirkor faoliyati o‘rganildi
Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tumani Kengashi deputati O. Karimov Bekobod mahalla fuqarolar yig‘inida ko‘p yillardan buyon samarali faoliyat yuritib kelayotgan tadbirkor Berdiyev Ro‘zmatning tadbirkorlik faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Tashrif davomida tadbirkor tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, yaratilgan ish o‘rinlari hamda hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojiga qo‘shayotgan hissasi o‘rganildi. Shuningdek, tadbirkorlik faoliyatini yanada kengaytirish va mavjud muammolarni hal etish yuzasidan fikr almashildi.
Mazkur o‘rganishlar hududda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, aholi bandligini ta’minlash hamda yangi tashabbuslarni rag‘batlantirishga xizmat qiladi.